https://oz.sputniknews-uz.com/20220727/toshkentda-yuneskoning-xalqaro-konferentsiyasi-otkaziladi-26560285.html
Toshkentda YUNESKOning xalqaro konferentsiyasi oʻtkaziladi
Toshkentda YUNESKOning xalqaro konferentsiyasi oʻtkaziladi
Tadbirda “Kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha Toshkent harakatlar dasturi”ni qabul qilish rejalashtirilgan. 27.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-27T11:50+0500
2022-07-27T11:50+0500
2022-07-27T11:50+0500
jamiyat
toshkent
maktabgacha taʼlim vazirligi (mtv)
yunesko
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/917/83/9178351_0:0:3151:1773_1920x0_80_0_0_4d627887361845d6bad2702453a82bbb.jpg
TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Toshkent 14–16 noyabr kunlari YUNESKOning II Butunjahon konferentsiyasiga mezbonlik qiladi. Sputnik muxbiri xabar berishicha bu haqida Maktabgacha taʼlim vazirligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferentsiyasida ikki minga yaqin ishtirokchi, jumladan xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari, YUNESKOga aʼzo davlatlar taʼlim vazirlari, fan va taʼlim sohasidagi yetakchi ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.Konferentsiyada “Kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha Toshkent harakatlar dasturi”ni qabul qilish rejalashtirilmoqda.Xalqaro vakillar qayd etishicha, mamlakatning yosh bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga boʻlgan sadoqati tufayli Oʻzbekiston bu sohada “Jahon chempionlaridan biri” boʻldi.Eslatib oʻtamiz, 2019 yil iyul oyida Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish darajasi 40,5 foizni tashkil etgan boʻlsa, oʻtgan yili bu koʻrsatkich 60 foizga yetdi.Maktabgacha taʼlim muammolarini hal etishga qaratilgan loyihalardan biri bu koʻchma bogʻchalardir. Jihozlangan avtobuslar mamlakatning qishloqlari va chekka hududlariga yetib boradi. Ular maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻqitish uchun barcha zaruriy oʻquv qurollari bilan jihozlangan.Hozirda koʻchma avtobuslar soni 48 taga teng. Ular Oʻzbekistonning eng chekka 96 ta viloyatida faoliyat koʻrsatmoqda.Loyiha doirasida 6,2 ming nafardan ortiq bola maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻldi.Soʻnggi besh yilda esa mamlakatda maktabgacha taʼlim oluvchi bolalar soni 27 foizdan 67 foizga oshdi. Joriy yilda davlat-xususiy sheriklik dasturi asosida yana 45 ming nafar bola maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishi kutilmoqda.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/917/83/9178351_198:0:2929:2048_1920x0_80_0_0_a649d5f024ee9261351ef73c18661efd.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
toshkent, maktabgacha taʼlim vazirligi (mtv), yunesko
Toshkentda YUNESKOning xalqaro konferentsiyasi oʻtkaziladi
Tadbirda “Kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha Toshkent harakatlar dasturi”ni qabul qilish rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Toshkent 14–16 noyabr kunlari YUNESKOning II Butunjahon konferentsiyasiga mezbonlik qiladi. Sputnik muxbiri xabar berishicha bu haqida Maktabgacha taʼlim vazirligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferentsiyasida ikki minga yaqin ishtirokchi, jumladan xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari, YUNESKOga aʼzo davlatlar taʼlim vazirlari, fan va taʼlim sohasidagi yetakchi ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Konferentsiyada “Kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha Toshkent harakatlar dasturi”ni qabul qilish rejalashtirilmoqda.
“Kelajak kun tartibini belgilaymiz, 2030 yilgacha taʼlimga oid masalalarni muhokama qilamiz. Har bir bola uchun maktabgacha taʼlim mavjudligini taʼminlash maqsadida ‘yoʻl xaritasi’ni ishlab chiqamiz”, — deydi YUNESKO vakili Borxen Chakroun Sputnik muxbiriga.
Xalqaro vakillar qayd etishicha, mamlakatning yosh bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga boʻlgan sadoqati tufayli Oʻzbekiston bu sohada “Jahon chempionlaridan biri” boʻldi.
“YUNISEF bilan hamkorlikda “Aqlvoy” koʻchma bogʻchalari, oʻyin guruhlari tashkil etilgan. Bundan tashqari, nafaqat imkoniyati cheklangan, balki olis mahallalarda yashovchi va oʻz hududida taʼlim olish imkoniga ega boʻlmagan bolalarni borib koʻrish uchun koʻngillilar oʻqitiladigan taʼlim markazlari tashkil etilgan”, deydi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yil iyul oyida Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish darajasi 40,5 foizni tashkil etgan boʻlsa, oʻtgan yili bu koʻrsatkich 60 foizga yetdi.
Maktabgacha taʼlim muammolarini hal etishga qaratilgan loyihalardan biri bu koʻchma bogʻchalardir. Jihozlangan avtobuslar mamlakatning qishloqlari va chekka hududlariga yetib boradi. Ular maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻqitish uchun barcha zaruriy oʻquv qurollari bilan jihozlangan.
Hozirda koʻchma avtobuslar soni 48 taga teng. Ular Oʻzbekistonning eng chekka 96 ta viloyatida faoliyat koʻrsatmoqda.
Loyiha doirasida 6,2 ming nafardan ortiq bola maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻldi.
Soʻnggi besh yilda esa mamlakatda maktabgacha taʼlim oluvchi bolalar soni 27 foizdan 67 foizga oshdi. Joriy yilda davlat-xususiy sheriklik dasturi asosida yana 45 ming nafar bola maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishi kutilmoqda.