https://sputniknews-uz.com/20220727/ukq-hujumi-oqibatida-antonovka-koprigi-shikastlandi-26577197.html
UKQ hujumi oqibatida Antonovka koʻprigi shikastlandi
UKQ hujumi oqibatida Antonovka koʻprigi shikastlandi
Oʻtgan hafta UQK ikki marta Amerikaning HIMARS quroli bilan Antonovskiy koʻprigiga zarba berishgandi 27.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-27T16:10+0500
2022-07-27T16:10+0500
2022-07-27T16:10+0500
dunyoda
xerson viloyati
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/1b/26576915_0:141:3141:1908_1920x0_80_0_0_ea66257e680885c054aeda477ad44d18.jpg
TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Xersondagi Dnepr daryosi ustidan oʻtgan Antonovka koʻprigi Ukraina Qurolli kuchlarining tungi hujumi oqibatida shikastlandi. Bu haqda Xerson viloyati harbiy-fuqarolik maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari Kirill Stremousov maʼlum qildi.Qayd etilishicha, mutaxassislar koʻprikning shikastlangan joylarini oʻrganishmoqda va u qayta tiklanadi.Stremousov Xerson viloyati aholisi oʻz zaminini himoya qilishini maʼlum qildi va Kiyev hukumatining tahdidlarini asossiz va oʻrinsiz deb atadi.Uning soʻzlariga koʻra, Xersonni oziq-ovqat va boshqa tovarlar bilan taʼminlashga bogʻliq muammolar tugʻilmaydi. Ularni muqobil yoʻllar bilan keltirish mumkin.Oʻtgan hafta UQK ikki marta Amerikaning HIMARS quroli bilan Antonovskiy koʻprigiga zarba berishgandi, oʻshanda ham u shikastlangandi. Viloyat hukumati u orqali harakatni cheklab, yuk tashuvchi avtomobillar harakatini taqiqlagandi.Antonovka koʻprigi Xersondagi yagona avtomobil koʻprigi. U Dnepr daryosining gʻarbiy tomonida joylashgan shaharni Xerson viloyatining boshqa qirgʻoqdagi bir qismi bilan bogʻlaydi. Uzunligi 1366 metr.Maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Ularning ikkisida ham harbiy-fuqarolik maʼmuriyatlari tashkil etildi, Rossiya telekanallari va radiostantsiyalarini efirga uzatish boshlandi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini eʼlon qildi.
xerson viloyati
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/1b/26576915_205:0:2936:2048_1920x0_80_0_0_ba4c61399218a53a9d7b76e589b1fd27.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
xerson viloyati
UKQ hujumi oqibatida Antonovka koʻprigi shikastlandi
Oʻtgan hafta UQK ikki marta Amerikaning HIMARS quroli bilan Antonovskiy koʻprigiga zarba berishgandi
TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Xersondagi Dnepr daryosi ustidan oʻtgan Antonovka koʻprigi Ukraina Qurolli kuchlarining tungi hujumi oqibatida shikastlandi. Bu haqda Xerson viloyati harbiy-fuqarolik maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari Kirill Stremousov
maʼlum qildi. “Koʻprikka oʻq kelib tushgan, koʻprik vayron boʻlmagan. Yana teshiklar paydo boʻlgan. Hozir u toʻliq harakat uchun yopilgan”, - dedi u.
Qayd etilishicha, mutaxassislar koʻprikning shikastlangan joylarini oʻrganishmoqda va u qayta tiklanadi.
Stremousov Xerson viloyati aholisi oʻz zaminini himoya qilishini maʼlum qildi va Kiyev hukumatining tahdidlarini asossiz va oʻrinsiz deb atadi.
Uning soʻzlariga koʻra, Xersonni oziq-ovqat va boshqa tovarlar bilan taʼminlashga bogʻliq muammolar tugʻilmaydi. Ularni muqobil yoʻllar bilan keltirish mumkin.
Oʻtgan hafta UQK ikki marta Amerikaning HIMARS quroli bilan Antonovskiy koʻprigiga zarba berishgandi, oʻshanda ham u shikastlangandi. Viloyat hukumati u orqali harakatni cheklab, yuk tashuvchi avtomobillar harakatini taqiqlagandi.
Antonovka koʻprigi Xersondagi yagona avtomobil koʻprigi. U Dnepr daryosining gʻarbiy tomonida joylashgan shaharni Xerson viloyatining boshqa qirgʻoqdagi bir qismi bilan bogʻlaydi. Uzunligi 1366 metr.
Maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Ularning ikkisida ham harbiy-fuqarolik maʼmuriyatlari tashkil etildi, Rossiya telekanallari va radiostantsiyalarini efirga uzatish boshlandi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini eʼlon qildi.