https://sputniknews-uz.com/20220728/aqshda-bayden-uchun-yomon-signal-korildi-26602050.html
AQShda Bayden uchun “yomon signal” koʻrildi
AQShda Bayden uchun “yomon signal” koʻrildi
AQSH Demokratik partiyasi tarafdorlarining aksariyati Jo Baydenni 2024 yilgi saylovda nomzod sifatida koʻrishni istamayapti. 28.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-28T11:59+0500
2022-07-28T11:59+0500
2022-07-28T11:59+0500
dunyoda
jo bayden
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/13/24082304_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6da16e18da505825cf3a7cc2f786d6cf.jpg
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. AQSH Demokratik partiyasi tarafdorlarining aksariyati prezident Jo Baydenni 2024 yilgi saylovda nomzod sifatida koʻrishni istamasligi u uchun “juda yaxshi” holat emas. Bu haqda “Fox Business” sharhlovchisi Bayron York yozdi. Avvalroq CNN soʻrovi Demokratik partiya tarafdorlarining atigi 25 foizi amaldagi prezidentning 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanishini istashini koʻrsatdi. Soʻrov natijalariga koʻra, 75 foiz ishtirokchi keyingi prezidentlik saylovlarida partiyadan boshqa nomzod koʻrsatilishi kerak, deb hisoblaydi, ularning deyarli uchdan bir qismi Bayden Respublikachilar partiyasini magʻlub eta olmaydi, deb hisoblaydi.U amerikaliklar duch keladigan eng katta muammoni yuqori inflyatsiya deb atadi.“Koʻp narsa notoʻgʻri tomonga ketdi va bular sodir boʻlganda, prezident ayblanadi. Nafaqat inflyatsiya - jinoyatchilik, chegara (AQSH janubidagi migratsiya inqirozi), odamlar prezidentni ayblayotgan boshqa muammolar”, - deydi sharhlovchi.Bu yil 80 yoshni qarshilaydigan Bayden AQSH tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi. Tanqidchilar muntazam ravishda uning soʻzlarni va fikrlash qobiliyatini yoʻqotib qoʻygan holatlarini tilga oladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/13/24082304_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_66df49579b9de7d018c83fc04c900f3c.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jo bayden
AQShda Bayden uchun “yomon signal” koʻrildi
AQSH Demokratik partiyasi tarafdorlarining aksariyati Jo Baydenni 2024 yilgi saylovda nomzod sifatida koʻrishni istamayapti.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. AQSH Demokratik partiyasi tarafdorlarining aksariyati prezident Jo Baydenni 2024 yilgi saylovda nomzod sifatida koʻrishni istamasligi u uchun “juda yaxshi” holat emas. Bu haqda “Fox Business” sharhlovchisi Bayron York
yozdi. Avvalroq CNN soʻrovi Demokratik partiya tarafdorlarining atigi 25 foizi amaldagi prezidentning 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanishini istashini koʻrsatdi. Soʻrov natijalariga koʻra, 75 foiz ishtirokchi keyingi prezidentlik saylovlarida partiyadan boshqa nomzod koʻrsatilishi kerak, deb hisoblaydi, ularning deyarli uchdan bir qismi Bayden Respublikachilar partiyasini magʻlub eta olmaydi, deb hisoblaydi.
“Bu yaxshiga oʻxshamayapti, aytgandek, bu soʻrov ham bundan mustasno emas. Bizda boshqa soʻrovlar ham boʻldi, demokratlarning koʻpchiligi, mutlaq koʻpchiligi oʻz nomzodi sifatida boshqa birovni afzal koʻrishini koʻrsatdi”, - dedi York.
U amerikaliklar duch keladigan eng katta muammoni yuqori inflyatsiya deb atadi.
“Koʻp narsa notoʻgʻri tomonga ketdi va bular sodir boʻlganda, prezident ayblanadi. Nafaqat inflyatsiya - jinoyatchilik, chegara (AQSH janubidagi migratsiya inqirozi), odamlar prezidentni ayblayotgan boshqa muammolar”, - deydi sharhlovchi.
Bu yil 80 yoshni qarshilaydigan Bayden AQSH tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi. Tanqidchilar muntazam ravishda uning soʻzlarni va fikrlash qobiliyatini yoʻqotib qoʻygan holatlarini tilga oladi.