Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Bolalar necha soat uxlashi kerak?

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishNovorojdenniy
Novorojdenniy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
Bolada uyqu tartibining shakllanishi- bir qancha bosqichlarga bo‘linadigan jarayon. Bundan tashqari, har bir yosh uchun o‘z uyqu soatlari bo‘lishi kerak.
Uyqu- organizm uchun energiyani saqlash, jismoniy o‘sish va aqliy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydigan imkoniyat.
Uyqu yetarli bo‘lmaganining eng keng tarqalgan turi bu kunduzi uyquchanlik. Bolalarda esa bu ko‘pincha jizzakilik, xulq-atvordagi muammolar va o‘qishda qiyinchiliklarda bilinishi mumkin. Uyquning sezilarli darajada buzilishini odatdagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlardan ajratish unchalik oson emas.
Tungi va kunduzgi uyqu bolaning to‘laqonli rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga ega. Yetarlicha uxlamaydigan bolalar o‘zlarini yomon his qilishadi, ancha injiq va turli kasalliklarga chalinishga moyil bo‘lishadi.
Yangi tug‘ilgan va ikki oylikkacha bo‘lgan chaqaloqning tungi uyqusi 8-9 soat, kunduzi esa- 7-9 soat bo‘lishi kerak. Uch oylikda tunda -9-10 soat, kunduzi- 4-5 soat, to‘rt oyligida kunduzi- 3-4 soat, tunda 10-12 soat uxlashlari kerak.
Bolalarning besh-olti oyligida uyqu davomiyligining umumiy soatlari kun davomida 14-15 soatga vadar qisqaradi. Kattalar rejimiga o‘tish payti boshlanadi- tunda bola 11 soat, kunda esa atigi 3-4 soat uxlaydigan bo‘ladi. Kunduzi bola taxminan uch marotaba uxlashi kerak- tongda, tushlikdan oldin va keyin, 7-8 oylik bo‘lganda esa kunduzi ikki marotaba uxlaydigan bo‘lishi mumkin.
10-11 oylikda bolalar kunduzi ikki marotaba uxlashadi. Agar bola kunduzi uch marta uxlashni davom ettirsa, bu ham meyor hisoblanadi.
Ikki yoshligida bola odatda kun davomida faqat bir marta uxlaydi. Kunduzgi uyqu 1,5- 2,5 soat bo‘lishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0