Dunyoda

Britaniyada elektr bilan bogʻliq muammolar bu qishda boshlanishi mumkin – OAV

© Sputnik / Aleks MaknotonFlag Velikobritanii
Flag Velikobritanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Britaniya bu qishda yoritishni davom ettirish uchun koʻproq import qilinadigan energiya manbalariga tayanadi.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Buyuk Britaniyada joriy qishda Rossiyadan energiya yetkazib berish kamaygan taqdirda elektr energiyasi bilan bogʻliq tarang davrlar boʻlishi mumkin. Bu haqda “Telegraph” gazetasi Britaniyaning National Grid energetika tizimining operatoriga tayanib yozgan.
“Yillik qishki elektr energiyasi prognozida National Grid bu qishda qitʼadan energiya olib keladigan suvosti kabellaridan foydalanishni kutayotganini aytdi, ammo dekabr oyining boshidagi “tarang” davrlar haqida ogohlantirdi”, deyiladi xabarda.
Gazetaning taʼkidlashicha, “Buyuk Britaniya bu qishda yoritishni davom ettirish uchun koʻproq import qilinadigan energiya manbalariga tayanadi”.
Chorshanba kuni “Times” gazetasi BFY konsalting firmasining prognoziga tayanib, Buyuk Britaniyaning energiya toʻlovlari kelasi yilning boshida rekord darajaga yetishi mumkinligini aytdi.
Hafta boshidan Yevropada gazning birja narxi tez surʼatlar bilan oʻsib bormoqda. Dushanba kuni “Gazprom” “Portovaya” kompressor stantsiyasida yana bir Siemens firmasi turbinasi ishini toʻxtatayotganini eʼlon qildi, buning natijasida 27 iyuldan boshlab “Shimoliy oqim” gaz quvuri orqali yetkazib berish kuniga 33 million kub metrdan oshmaydi.
Buyuk Britaniyada yashash narxining oshishi millionlab uy xoʻjaliklariga taʼsir qildi. 1 apreldan boshlab mamlakatda gaz va elektr energiyasi uchun narx chegarasi 54 foizga oshdi. Bu qaror fevral oyi boshida gazning jahon narxlari keskin oshishi sababli qabul qilingan, biroq 1 apreldan kuchga kirdi. Britaniyalik isteʼmolchilar uchun energiya xarajatlari yiliga oʻrtacha 700 funt sterlingga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0