Britaniyadagi restoranlar sanksiyalar tufayli yopilishi mumkin – OAV

© Pixabay/stafichukanatolyYeda krasnaya riba forel
Yeda krasnaya riba forel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
“Daily Express”ga ko‘ra, Britaniyadagi mashhur Fish & Chips taomiga ixtisoslashgan Britaniya restoranlarining qariyb yarmi sanksiyalar tufayli yopilishi mumkin.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Britaniyadagi mashhur Fish & Chips taomiga ixtisoslashgan Britaniya restoranlarining qariyb yarmi ingrediyentlar va energiya narxining oshishi fonida Rossiyaga kiritilgan sanksiyalar tufayli yopilishi mumkin, deb yozadi “Daily Express” gazetasi.
Nashrning qayd etishicha, 5000 ga yaqin ovqatlanish joylari xavf ostida bo‘lishi mumkin, chunki savdo nuqtalari arzonroq mahsulotlarga o‘tishga va narxlarni oshirishga majbur.
Nashr Buyuk Britaniya avvalroq Rossiyadan dengiz mahsulotlari importiga 35 foizlik boj joriy etganini ham eslatib o‘tgan.
Lankashirdagi Fish&Chips restorani egasi Endryu Krukaning aytishicha, treska baliqlarini yetkazib berish narxi bir kilogrammi uchun 8 funtdan 14 funt sterlinggacha oshgan.
Avvalroq, Britaniya Fish & Chips restoranlari egalari Britaniyaning Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalari tufayli narxlarning oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Norvegiyadan baliq yetkazib berishda yordam so‘ramoqchi ekanliklarini bildirgan edi.

Mavzuga oid:

Yevropada gaz narxi rekord darajada ko‘tarildi
FP: energetika inqirozi va sanksiyalar tufayli AQShni noxush qish kutib turibdi
Kanadalik fermerlar Rossiyaga qarshi sanksiyalardan jabr ko‘rishapti
Yangiliklar lentasi
0