DTM abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat berdi - tafsilotlar

© SputnikSdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
27 iyul holatiga ko‘ra, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat berildi.
Qayd etilishicha, 27-iyul kuni my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, lekin to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar bor.
Test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.
Shuni inobatga olgan holda, abituriyentlar 28-iyul kuni soat 18:00 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
“Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 27-iyul holatiga ko‘ra, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyent soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.
Shundan:
395 023 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
819 209 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.
Ta’lim shakllari bo‘yicha:
Kunduzgi ta’lim shakli — 612 530 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 565 902 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 27 417 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 8 383 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:
Qashqadaryo viloyati — 140 797 nafar;
Samarqand viloyati — 133 610 nafar;
Toshkent viloyati — 116 251 nafar;
Farg‘ona viloyati — 109 938 nafar;
Surxondaryo viloyati — 106 145 nafar;
Andijon viloyati — 79 235 nafar;
Namangan viloyati — 77 607 nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 75 819 nafar;
Jizzax viloyati — 74 346 nafar;
Toshkent shahri — 68 545 nafar;
Buxoro viloyati — 67 663 nafar;
Xorazm viloyati — 64 351 nafar;
Navoiy viloyati — 54 512 nafar;
Sirdaryo viloyati — 45 413 nafar.
Eslatib o‘tamiz, 27-iyul kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlangandi.
Yangiliklar lentasi
0