Kolumnistlar

Yevropa Rossiyaga oʻziga qarshi super qurol berdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishPusk v ekspluatatsiyu vtoroy vetki gazoprovoda "Severnыy potok"
Pusk v ekspluatatsiyu vtoroy vetki gazoprovoda Severnыy potok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Siz bilan biz ajoyib tarixiy spektaklning guvohlari boʻlib turibmiz. Rusofob – siyosatchilar oʻz fuqarolaridan kamroq yuvinishni, iyulning qoq jaziramasida konditsioner qoʻshmaslikni, mashinadan voz kechib velosipedga oʻtishni va bu bilan Rossiyaga zarar berishni talab qilyapti.
Soʻnggi oylarda sodir boʻlayotgan yevropacha gaz beʼmaniliklarini chindan ham energetikaning birinchi raqamli mavzusi deb atash mumkin. Rossiya gazidan voz kechish yoki hech boʻlmaganda qaramlikni kamaytirishga urinishlar bilan birgalikda oʻsayotgan axborot va siyosiy jazavaning shiddatini hisobga olsak, hozir hatto Gannoverning qayergadir oʻzga sayyoraliklar kelib odamlar bilan aloqa oʻrnatishni taklif qilsa ham hech kim sezmaydi.
Umuman olganda, buni tushuntirish mumkin.
Kechagi kun 2100 $dan boshlandi, yaʼni Yevropa gaz birjasida TTF tabiiy gazning ming kubometri aynan shuncha narxga oshdi. Koʻrsatkich rekord darajasida emas, biroq har qanday davlat byudjeti uchun ancha ogʻriqli. Hatto kun oxiriga kelib yoqilgʻining xuddi shuncha miqdori 2500 $ turishini hech kim tasavvur qila olmas edi.
“Gazprom”ning “Shimoliy oqim” boʻyicha gaz tortib olishi gazoprovodning loyihaviy quvvati 20% gacha pasayganini xabar berganidan soʻng, sham narxi ham oshdi. Gʻarb OAVlari bundan aqldan ozib, yana boʻlayotgan hodisalarda Rossiyaga ayblovlar bilan tashlandi. Yaʼniki, Rossiya energotaʼminotdan gibrid qurol, oʻz tashqi siyosiy manfaatlarini yoʻlga qoʻyadigan dastak va Yevropa birligini parchalash uchun tirgak sifatida foydalanayotgan emish.
Bunday gaplar qanchalar odatiy boʻlsa, shunchalar yolgʻon ham.
Boltiq dengiz tubidagi magistral orqali gaz quyish Rossiya Bosh shtabining ayyor rejasi sabab emas, balki boshqa gaz nasos agregati rejali taʼminlash uchun olib kelingani sababli tushdi. Germaniya qirgʻoqlarigacha boʻlgan butun yoʻnalish boʻylab endi oraliq kompressor stantsiyalari yoʻqligini hisobga olsak, fizika nasosi odatdagidek kuniga 164 million kub metrdan oʻttizgacha qisqartirdi.
Taʼkidlash joizki, bu Smolensk gʻarbida sodir boʻlgan ikkinchi tragikomediya seriyasidir.
Oʻtgan oy mobaynida butun Yevropa birinchi turbinaning sarguzashtlarini diqqat bilan kuzatib turdi. Uni Siemens Energy kompaniyasi (Rostexnadzorning barcha tavsiyalariga rozi boʻlib) oʻchirdi, qismlarga boʻldi va taʼmirlash uchun Kanadaga yubordi. Ottava esa Vashingtonning koʻrsatmasiga binoan agregatni hibsga oldi va bunga Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni roʻkach qildi hamda Germaniya, qisman Yevropa gaz bozori tubsizlikka qulashiga qadar qaytarmaslikka qaror qildi. Berlin esa koʻp va uzoq davom etgan muzokaralar sabab oʻzining mulkini qaytarib olishga muvaffaq boʻldi, ammo bu uchun nemislar nimalarga tayyor boʻlganini taxmin qilish qiyin emas.
Biroq, baxtiqaro turbina baribir “Portovaya” gazokompressor stantsiyasigacha yetib bora olmadi va siyosiy igʻvolar va ikkiyuzlamachiliklar tuzogʻiga tushib qoldi. Germaniya yana bir marotaba Rossiyani turbinani qaytarib olmayotganlikda va shu sababli bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishni choʻzayotganlikda aybladi. Bunga javoban “Gazmprom” juda asosli javob berdi va agregatning hozirgi holati va gaz quvurini ishlatish, uning infratuzlmasini saqlash paytida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan keyingi cheklovlarni umuman tushunmasligini bildirdi.
Soddaroq aytganda, doʻstona boʻlgan Gʻarb kollektivi oʻzini qanday tutdi.
Masalan, Siemens ning turbinalarini toʻsiqsiz olib oʻtishga, taʼmirlash va qaytarishga Kanadaning ruxsat berishi yoki bermasligi hamon aniq emas, yoki har bir agregatni jang qilib, uzoq vaqt choʻzilishlar bilan qayratib olishga toʻgʻri keladimi? Bundan tashqari, nemislar tomonidan tan olingan texnik ekspertizaning talablariga koʻra, yaqin oylarda qolgan boshqa agregatlarni ham taʼmirdan chiqarish kerak. “Gazprom”ning savollari mutlaqo mantiqli: kompaniya qazib olish va nasos gorizonlarini bilishi kerak. Axir tabiiy gaz – koʻmir emas, uni joʻnatish portiga yigʻib boʻlmaydi va eksport ruxsatnomasini kutish mumkin emas, u oldindan maʼlum boʻlgan shartnomaviy hajmlarda qazib olinadi va tashiladi.
Bu turbinalar karuseli Yevropa Ittifoqining barcha qonunlarni yengib oʻtishga harakat qilayotgan gʻazabli nozlari tufayli boʻlyapti.
Oʻtgan butun oy Yevrokomissiyaning ultimatumga oʻxshash talablari ostida oʻtdi- u alyans mamlakatlaridan gaz isteʼmol qilishni 15% ga kamaytirishni talab qildi. Butun yevrohudud yiliga 396,6 millard kub metr koʻk yoqilgʻi isteʼmol qilishini hisobga olsak, Yevropa mutassaddilarining har bir mamlakatning sanoatiga zarar yetkazmasdan isteʼmoldan deyarli 60 milliard kub metrni qanday chiqarib tashlash kerakligini aniqlashga toʻgʻri keladi. Qoʻshimcha qilish uchun aytyapmizki, bu koʻrsatkich Germaniya aholisi va butun sanoati isteʼmol qiladigan gaz miqdoridan ozgina kam deganidir.
Hozirgi vaziyat qanchalik jiddiy ekanini tushunish uchun hukumatlari yangi energiya matematikasida maqbul javob topa olmagan bir qator mamlakatlar tomonidan loyiha deyarli darhol torpedo qilinganligini aytish kifoya. Kutilmaganda bu safar Yevropaning asosiy janjalkashi Vengriya emas, balki doimo yakdil boʻlgan Ispaniya, Portugaliya, Italiya va Gretsiya qarshi chiqdi. U yerdagi moliyachilar va energetiklar qanday qilib qishni Rossiya gazisiz oʻtkazishlarini oʻylab topisha olishmadi. Janjal natijasiz va shu qadar uzoq davom etdiki, Yevropa Kengashi oxiri qarorni ratifikatsiya qilishdan bosh tortdi va barcha mamlakatlarni bunday majburiyatlarni Bryusselda koʻpchilik bilan emas, balki oʻzi hal qilishi kerak degan qarorga keldi. Fakt jihatidan olib qaraganda biz siz bilan doimo maqtab kelingan yevropacha yakdillik va ahillikning birinchi muammolardanoq, kelisha olmayotganini koʻryapmiz.
Yevropa oʻzining AQShga nisbatan mutlaqo vassal siyosatining garoviga aylandi. Bir tomondan gʻarb alʼyansi aʼzolari qaysar va boʻsh kelmaydigan ruslarni jazolashni juda xohlashadi. Boshqa tomondan esa- vaziyat shu qadar shiddat bilan yomonlashyaptiki, shu paytda masalan, Avstriya mustaqillik namoyish etib, Moskva bilan kelishishga qaror qilsa, uni shu paytning oʻzidayoq sotqin deb atashgan, isnodga qoʻyishgan va u qilgan ishni takrorlashgan boʻlishardi.
Gaz tanqisligi esa metall yuzasida qolgan zang dogʻi kabi yevrohududning boshqa joylariga ham keng tarqalmoqda. Yaqinda Kiyev tomondan Amerikaga yosh demokratiya uchun qandaydir “gaz lend-liz”ini tashkillashtirish haqida iltijolar eshitildi. Mahalliy professionallarning hisob-kitobiga koʻra, Ukrainaga omon qolish va kuz-qish mavsumidan oʻtish uchun qiymati 10 milliard $lik Amerika suyultirilgan gazi kerak boʻladi. AQShdagi barcha suyultirilgan gaz terminallari bor imkoniyati bilan ishlayotgani, Ukrainaga moddiy yordam esa kamayayotganini hisobga olganda birorta ham regazifikatsiya portiga ega boʻlmagan Kiyevning bu orzulari xuddi Marsga skafandrsiz borib sayr qilib kelishdek xomxayollarga oʻxshaydi.
“Shimoliy oqim 2” ning tushirilishi eng oddiy yechim boʻlib koʻrinadi. Uning 55 millard kubometr sigʻimi garchi barcha muammolarni hal qilmasada, inqirozning xavfini ozgina boʻlsada kamaytiradi. Ammo bu yerda ham asosiy rolni mantiq emas, balki siyosat oʻynaydi. Kuni kecha Bryusselda Germaniya vitse-kantsleri, iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabek ikkinchi oqimning ishga tushirilishi Yevropaning taslimi va butun sanktsiya siyosatining barbod boʻlishini aytdi. Toʻgʻri, juda chiroyli eshitildi. Manfaatdor shaxslar baribir Rossiya koʻk yoqilgʻisining oʻrnini nima bilan toʻldirishni topa olishmadi.
Siz bilan biz ajoyib tarixiy spektaklning guvohlari boʻlib turibmiz. Oldimizda juda katta miqyosdagi hangomalar sodir boʻlyapti. Unda rusofob – siyosatchilar oʻz fuqarolaridan kamroq yuvinishni, iyulning qoq jaziramasida konditsioner qoʻshmaslikni, mashinadan voz kechib velosipedga oʻtishni va bu bilan Rossiyaga zarar berishni talab qilyapti. Istaklarning hal boʻlmaydigan qarama-qarshiligi va real haqiqatdan farqi shuki, Rossiya energotaʼminotini hech narsa bilan qoplab boʻlmaydi. Birorta mintaqa yoki mamlakat Rossiya eksportining hech boʻlmasa bir qismini boʻlsada oʻrnini bosishga rozi boʻlmadi. Saudiya Arabistoniga oʻxshagan mamlakatlar esa hatto bizning neftchilarimizga oʻz saʼy-harakatlari va ishlab chiqarish hajmini muvofiqlashtirishni taklif qilib chiqishadi. Mamlakatlar va butun qitʼalarga oʻz xohish-irodasini bildirishga qodir millatlararo mavjudot ekaniga qatʼiy ishongan Yevropa, gazni tejashning soʻnggi qultumlarini tortyapti - va bu kislorod emas.
Uzoq vaqtdan buyon bizning mamlakatimizni tabiiy gazdan qurol sifatida foydalanayotganlikda ayblab kelishdi. Va bu reallikka aylandi ham. Eng qizigʻi, Rossiya bu uchun aytarli hech nima qilmagan edi.
Yangiliklar lentasi
0