Iqtisod

Investitsiya shartnomalarini ekspertizadan oʻtkazish narxlari tasdiqlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishOfis CAS v Pxenchxane
Ofis CAS v Pxenchxane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ekspertizalar 100 foizlik oldindan haq toʻlash sharti bilan oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiya shartnomalari va davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, investitsiyaga oid shartnomalar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlovlar xarid predmeti narxining QQSni inobatga olmagan holda 0,1 foizi miqdorida, BHMning 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi.
Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlovlar QQSni hisobga olmagan holda loyiha umumiy summasining 0,03 foizi miqdorida, biroq ekvivalenti 4 ming AQSH dollaridan kam boʻlmagan va 50 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi.
Loyihalarning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun belgilangan summaning 50 foizi miqdorida haq undiriladi.
Ekspertizalar 100 foizlik oldindan haq toʻlash sharti bilan oʻtkaziladi.
Qaror bilan quyidagilarni tartibga soluvchi nizomlar tasdiqlandi:
investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash;
davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish;
shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi;
loyihalarning texnik-iqtisodiy asosi va texnik-iqtisodiy
hisob-kitobini, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish xizmati qiymatini aniqlash tartibi.
Toshkentda SHHT doirasida sanoat kooperatsiyasini ragʻbatlantirish dasturi tasdiqlanadi
Yangiliklar lentasi
0