https://oz.sputniknews-uz.com/20220728/jaziramada-paxta-hosilini-saqlab-qolish-uchun-dolzarb-30-kunlik-elon-qilindi-26593174.html
Jaziramada paxta hosilini saqlab qolish uchun “dolzarb 30 kunlik” eʼlon qilindi
Jaziramada paxta hosilini saqlab qolish uchun “dolzarb 30 kunlik” eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyev respublikada kuzatilayotgan jazirama ob-havoni bu paxtachilik uchun favqulodda vaziyat deb atadi. 28.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-28T09:41+0500
2022-07-28T09:41+0500
2022-07-28T09:41+0500
siyosat
oʻzbekiston
paxta
shavkat mirziyoyev
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/76/04/760478_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_4f7bf721712b11caf6c57e119455ff2c.jpg
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 iyul kuni paxtachilikdagi dolzarb vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.Yigʻilishda qayd etilishicha, soʻnggi yillardagi iqlim oʻzgarishlari paxtachilik oldiga yangi vazifalar qoʻymoqda. Xususan, bu yilgiday anomal issiq ilgari hech qachon boʻlmagan. Oʻn kundan beri yurtimizda kunduzgi harorat +43 darajadan yuqori boʻlmoqda. Kechki payt ham kam emas.Prezidentning soʻzlariga koʻra, bu paxtachilik uchun favqulodda vaziyat. Lekin barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, hosilni saqlab qolish zarur. Buning uchun urugʻchilik, nav tanlash, oʻgʻitlash, sugʻorish va zararkunandalarga qarshi kurashishni ilmiy yondashuvlar asosida yoʻlga qoʻyish kerak.Yigʻilishda innovatsion rivojlanish vaziri, Paxtachilik kengashi raisi I.Abdurahmonov kengash tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berdi.Unda aytilishicha, Kengash aʼzolari olim va mutaxassislar bilan birga Quyichirchiq, Sayxunobod, Navbahor, Narpay, Vobkent va Qorakoʻl tumanlariga borib, haqiqiy ahvolni oʻrgangan. Jumladan, urugʻlik paxta ekilgan maydonlarda koʻchat tigʻizligi meʼyorga nisbatan 35-40 foizga oshirib yuborilgani aniqlangan. Ayrim dalalarda gʻoʻzaning tepasida hosil deyarli yoʻq, pastida esa 2-3 ta koʻsak bor, xolos. Zararli hasharot va kasallik turlari ham koʻpaygan.Klaster va fermerlarning dalasiga borib, ilmiy yondashuv va yangiliklarni tushuntirish zarurligi taʼkidlandi.Viloyat hokimlari ushbu dolzarb kunlarda qilinadigan ishlar boʻyicha axborot berdi.Avvalroq paxta maydonlari uchun subsidiya ajratishning vaqtinchalik tartibi belgilangani xabar qilingan edi.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/76/04/760478_190:0:1315:844_1920x0_80_0_0_2bbf53aa0d5228cfc1a63751efaa7c4d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston, paxta, shavkat mirziyoyev
oʻzbekiston, paxta, shavkat mirziyoyev
Jaziramada paxta hosilini saqlab qolish uchun “dolzarb 30 kunlik” eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyev respublikada kuzatilayotgan jazirama ob-havoni bu paxtachilik uchun favqulodda vaziyat deb atadi.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 iyul kuni paxtachilikdagi dolzarb vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar bermoqda. Yigʻilishda qayd etilishicha, soʻnggi yillardagi iqlim oʻzgarishlari paxtachilik oldiga yangi vazifalar qoʻymoqda. Xususan, bu yilgiday anomal issiq ilgari hech qachon boʻlmagan. Oʻn kundan beri yurtimizda kunduzgi harorat +43 darajadan yuqori boʻlmoqda. Kechki payt ham kam emas.
Prezidentning soʻzlariga koʻra, bu paxtachilik uchun favqulodda vaziyat. Lekin barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, hosilni saqlab qolish zarur. Buning uchun urugʻchilik, nav tanlash, oʻgʻitlash, sugʻorish va zararkunandalarga qarshi kurashishni ilmiy yondashuvlar asosida yoʻlga qoʻyish kerak.
Yigʻilishda innovatsion rivojlanish vaziri, Paxtachilik kengashi raisi I.Abdurahmonov kengash tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berdi.
Unda aytilishicha, Kengash aʼzolari olim va mutaxassislar bilan birga Quyichirchiq, Sayxunobod, Navbahor, Narpay, Vobkent va Qorakoʻl tumanlariga borib, haqiqiy ahvolni oʻrgangan. Jumladan, urugʻlik paxta ekilgan maydonlarda koʻchat tigʻizligi meʼyorga nisbatan 35-40 foizga oshirib yuborilgani aniqlangan. Ayrim dalalarda gʻoʻzaning tepasida hosil deyarli yoʻq, pastida esa 2-3 ta koʻsak bor, xolos. Zararli hasharot va kasallik turlari ham koʻpaygan.
Yigʻilishda bunday holatda gʻoʻzani parvarishlash va hosildorlikni taʼminlash boʻyicha tavsiya va koʻrsatmalar aytib oʻtildi. Ularni barcha hududlarda amalga oshirish boʻyicha “dolzarb 30 kunlik” eʼlon qilindi.
Klaster va fermerlarning dalasiga borib, ilmiy yondashuv va yangiliklarni tushuntirish zarurligi taʼkidlandi.
“Iqlim oʻzgarishi kelgusida ham salbiy taʼsir koʻrsatishini hisobga olib, ish tutishimiz kerak. Bu masalaga ilmiy yondashish shart”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Viloyat hokimlari ushbu dolzarb kunlarda qilinadigan ishlar boʻyicha axborot berdi.
Avvalroq paxta maydonlari uchun subsidiya ajratishning vaqtinchalik tartibi belgilangani
xabar qilingan edi.