Madaniyat

“Millatimiz uchun xalqona filmlar kerak”: yosh kinorejissyor bilan suhbat

© FotoMolodoy kinorejisser, laureat mejdunarodnыx konkursov Sherzod Nazarov
Molodoy kinorejisser,  laureat mejdunarodnыx konkursov Sherzod Nazarov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbek kinematografiyasida alohida oʻzgarishlar va siljishlar kuzatilmoqda. Ayniqsa, yosh ijodkorlar yetishib kelyapti. Yosh kinorejissyor, xalqaro tanlovlar laureati Sherzod Nazarov Sputnik muxbiri bilan ijod borasida suhbatlashdi.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Sherzod Nazarov 1998 yili 22 mart kuni Toshkentda tavallud topgan, asli Qashqadaryo viloyatidan. 1994 yili oilasi bilan poytaxtga koʻchib kelishgan.
© Iz lichnogo arxiva Sherzoda NazarovaIz kinofilma "Parikmaxer"
Iz kinofilma Parikmaxer - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2022
Iz kinofilma "Parikmaxer"
“Maktabda taʼtil boʻlishi bilan men qishloqqa shoshardim. Oʻsha muhitga talpinardim. Qishloq hayoti, sodda odamlari va tabiati menga yoqardi. Sanʼatga bolaligimdan mehrim boshqacha boʻlgan, maktabni bitirganimda sanʼat yoʻnalishini tanlashimga hatto ota-onam qarshi chiqishdi. Biroq ishtiyoqim sababli Toshkent madaniyat kollejida oʻqidim va oʻsha paytlari “Diydor” teatriga borib Oʻzbekiston xalq artisti Bahodir Yoʻldoshev hamda rassom va rejissyor Sergey Seduxindan rejissura sirlarini oʻrgandim”, dedi Nazarov.

Taʼlim va karyera

Bu yosh ijodkorni sanʼatga boʻlgan muhabbatini yanada oshirgan va 2016 yili Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga “Kino va televideniye rejissurasi” taʼlim yoʻnalishiga davlat granti asosida oʻqishga kirdi. Ustozlari Bahodir Odilov, aktrisa Raʼno Shodiyeva, pedagog Muzaffar Qoraboyev boʻlishgan.
Institutni tamomlagandan soʻng, Art house loyihasida Ali Xamrayev va Rashid Malikovdan tahsil oldim. Hujjatli kino sohasida taniqli rejissyor-dokumentalist Lyuk Toven kursida oʻqiganman. Hozirda VGIKning Toshkent filialida rejissyor va kinostsenarist Yusuf Roziqovning kursida tahsil olmoqdaman.
“Ilk suratga olgan filmim bu talabaligimdagi “Qaytish” deb nomlangan qisqa metrajli kinokartina boʻlgan, keyin Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Debyut” yosh rejissyorlar tanlovida gʻolib boʻlgan loyiha asosida “Sartarosh” filmi, “Mening bobom 90 yoshda”, “Snayper Zebo Gʻaniyeva”, “Kichik leytenant Sharof Rashidov” hujjatli filmlarida postanovkachi rejissyor sifatida ishladim”, dedi rejissyor.
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Ipak yoʻlida” qisqa metrajli filmi rejissyor ijodida omadli kinoloyiha boʻldi. 15 ga yaqin nufuzli xalqaro kinofestivallarda ishtirok etib, mukofotlarni qoʻga kiritdi.
© Iz lichnogo arxiva Sherzoda NazarovaIz filma "Na Shelkovom puti"
Iz filma Na Shelkovom puti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2022
Iz filma "Na Shelkovom puti"

Yangi loyihalar

“Har bir rejissyor dramaturgiya nazariyasi va qoidalarini bilishi lozim, deb oʻylayman. Yosh stsenarist Shohjahon Subhonov bilan birgalikda zamonaviy dramaturgik strukturalardan foydalanamiz. Masalan, mualliflik kinokartinalarida rejissyor oʻzi stsenariy yozishi talab etiladi. Shuning uchun men ham bilimlarimni oshirmoqdaman”, deydi Sherzod.
Sherzod Nazarov hozirgi kunda “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan “Sayohat 230” nomli hujjatli film ustida ish olib boryapti. Sentyabr boshida filmning suratga olish ishlari boshlanadi.
Bu film 3 ta yoʻlovchi hamroh keksa nuroniyning Xorazm va Qoraqalpogʻistonga sayohati haqida suratga olinadi. Keyinchalik, toʻliq badiiy filmda oʻzini sinab koʻrmoqchi. 2021 yilda Toshkent xalqaro kinofestivalida “Ipak yoʻlida” filmi uchun grant taqdim etilgan. Hozirda stsenariylar tayyorlamoqda.

Hayot haqiqati

“Menga hayotiy mavzudagi filmlar yoqadi, fantastika, blokbaster va fentezilar menga yoqmaydi, ular montaj filmlar boʻlib, toʻqimadan iborat. Hayot haqiqatini aks ettirgan filmlar tomoshabinni qalbidan joy oladi” – dedi rejissyor.
Sherzod hozirgi yosh rejissyorlar qanday filmlar ishlashi kerakligi haqida ham toʻxtalib oʻtdi.
“Millatimiz uchun xalqona filmlar kerak, mana shunday asarlar koʻpchilikni kinoteatrga yetaklab keladi. Festival filmlari bilan oila boqolmaymiz, shuning uchun kassabop kinoasarlar ham yaratish kerak. Tomoshabinni oʻylantirib, dardiga malham boʻla oladigan mavzularni tanlash kerak”.
Yosh rejissyor jahon kinematografiyasida oʻzining betakror sanʼati, unutilmas filmlari va yuksak darajadagi mahorati bilan nom qoldirgan kinorejissyorlar talaygina. Ulardan Andrey Zvyagintsev, Emir Kusturitsa, Nuri Bilge Djeylan, Mikelanjelo Antonioni, Asgar Farxadi, aka-uka Dardennlar, ulaning filmlarini koʻrishini, taʼsirlanishini va baʼzi joylarida taqlid qilishini aytib oʻtdi.
“Rus rejissyorlardan Andrey Zvyagintsev ijodi menga yoqadi, oxirgi paytlarda global muammolarni ochib beryapti. Andrey Konchalovskiy ham oʻziga xos filmlar yaratmoqda, kelgusida menda ham xalqona komediyalar, yorqin mavzulardagi filmlar yaratish istagi bor”, dedi rejissyor.
Yangiliklar lentasi
0