Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
17:34 28.07.2022 (yangilandi: 17:51 28.07.2022)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Sergey Lavrov, arxivnoye foto

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar batafsil koʻrib chiqildi.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishlarida ishtirok etayotgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar batafsil koʻrib chiqildi.
Mintaqadagi vaziyatning rivojiga hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik jihatlariga, shu jumladan SHHT sammitiga tayyorgarlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya TIV rahbari 29 iyul kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston raisligida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelgan.
Vazirlar SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan majlisini mazmunli toʻldirish masalalariga asosiy eʼtiborni qaratishadi.