“Osiyo bolalari-2022”: sportchilar qanday kutib olindi - foto

Obuna bo‘lish
Musobaqada 174 nafar o‘zbekistonlik vakil sportning 17 ta turida o‘z omadlarini sinab ko‘radi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. “Osiyo bolalari” xalqaro o‘yinlarida ishtirok etish uchun 13ta davlat vakillari Vladivostokga yetib keldi.
Musobaqaning mash’ala estafetasi va tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston, Armaniston, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Livan, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Pokiston, Tailand, Turkmaniston kabi davlatlardan kelgan ikki mingdan ortiq sportchilar ishtirok etishdi.
1/7
2/7
3/7
4/7
5/7
6/7
7/7
Yosh sportchilarni tabriklash uchun tadbirga Rossiya Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov, “Osiyo bolalari” xalqaro o‘yinlari qo‘mitasi prezidenti Vladimir Maksimov kabi faxriy mehmonlar tashrif buyudi.
“Vakillarimiz murosasiz bahslarga kirishadilar. O‘yinlar davomida ishtirokchilarni shiddatli raqobat kutmoqda. Tantanali yopilish marosimi esa 7-avgustga belgilangan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, sportchilar “Osiyo bolalari” VII Xalqaro sport o‘yinlari medallarining taqdimotida ham ishtirok etishdi.
Tashkilotchilar 6 oydan ortiq vaqt davomida uning dizayni loyihasi ustida ishlashdi.
"Mini-Olimpiada"ning barcha sovrindorlari Primorye ramzlaridan biri - lotus belgisi tushirilgan mukofotga ega bo‘ladilar. Vladivostok-2022 davomida jami 273 ta medal to‘plami o‘ynaladi.
Hozirda turli mamlakat terma jamoalari suv havzasi yo‘laklarida dastlabki rasmiy mashg‘ulotlarini boshlashdi. Suzish musobaqalari 29, 30, 31-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, mazkur musobaqada 174 nafar (101 nafar o‘g‘il bola, 73 nafar qiz) o‘zbekistonlik vakil sportning 17 ta turida o‘z omadlarini sinab ko‘radi.
Yangiliklar lentasi
0