https://sputniknews-uz.com/20220728/ozbekiston-va-hindiston-yangi-hamkorlikni-yolga-qoyishga-kelishib-oldi--26613436.html
Oʻzbekiston va Hindiston yangi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldi
Oʻzbekiston va Hindiston yangi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldi
Oʻzbekiston 6 nomdagi hind mahsulotlarini import qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini taqdim etdi. 28.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-28T17:40+0500
2022-07-28T17:40+0500
2022-07-28T17:40+0500
iqtisod
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
hindiston
hamkorlik
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/1c/26615463_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_735c09e74746e73e5356015b04e78f2f.jpg
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida xususiy tibbiyot, farmatsevtika, poyabzal va charm buyumlar ishlab chiqarish sohalarida, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha qator bitimlar imzolandi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.Dehli shahrida Oʻzbek-Hind biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Unda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev, Hindiston Savdo va sanoat davlat vaziri Anupriya Patel, tegishli vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari rahbarlari, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 50 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.Tadbir davomida hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari sifatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish va yuqori talabga ega oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qoʻshma korxonalar tashkil etish masalasi koʻrib chiqildi.Koʻrib chiqilgan masalalar:Oʻzbekiston hukumat delegatsiyasining Hindistonga tashrifi doirasida Hindiston qishloq xoʻjaligi va fermerlar farovonligi vaziri Narendra Singx bilan muzokaralar ham oʻtkazildi.Oʻz navbatida, Hindiston tomoni uzum, anor, olma, xurmo, qalampir, pomidor, bodom va tarvuz kabi oʻzbek agrosanoat mahsulotlariga ruxsat berish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.Maʼlumot uchun, hozirda ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 foizdan oshdi. 2022 yilning birinchi yarmida oʻzaro savdo qariyb 30 foizga koʻpayib 324,5 mln dollardan oshdi.2017 yildan buyon Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan hind kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qariyb 5 barobar oshdi. Oʻtgan yilning oʻzida 70ga yaqin korxona ish boshladi va ularning umumiy soni 357 taga etdi. Ayni paytda turli tarmoqlarda umumiy qiymati 3 mlr dollardan ziyod 80 dan ortiq qoʻshma loyiha amalga oshirilmoqda.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/1c/26615463_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_99646d4f3bdfd6c0db5d07c0573e34ce.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, hindiston, hamkorlik, oʻzbekiston
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, hindiston, hamkorlik, oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Hindiston yangi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldi
Oʻzbekiston 6 nomdagi hind mahsulotlarini import qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini taqdim etdi.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida xususiy tibbiyot, farmatsevtika, poyabzal va charm buyumlar ishlab chiqarish sohalarida, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha qator bitimlar imzolandi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar
berdi. Dehli shahrida Oʻzbek-Hind biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Unda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev, Hindiston Savdo va sanoat davlat vaziri Anupriya Patel, tegishli vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari rahbarlari, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 50 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari sifatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish va yuqori talabga ega oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qoʻshma korxonalar tashkil etish masalasi koʻrib chiqildi.
Koʻrib chiqilgan masalalar:
Agrosanoat kooperatsiyasi;
IT-sektor va infratuzilmaviy loyihalarga investitsiyalar kiritish;
farmatsevtika mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish va ularni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish;
Toʻqimachilik sanoatida yaqin hamkorlik qilish;
Qurilish materiallari ishlab chiqarish.
Oʻzbekiston hukumat delegatsiyasining Hindistonga tashrifi doirasida Hindiston qishloq xoʻjaligi va fermerlar farovonligi vaziri Narendra Singx bilan muzokaralar ham oʻtkazildi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston 6 nomdagi hind mahsulotlarini, shu jumladan banan, mango, soya va guruchni import qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini taqdim etdi.
Oʻz navbatida, Hindiston tomoni uzum, anor, olma, xurmo, qalampir, pomidor, bodom va tarvuz kabi oʻzbek agrosanoat mahsulotlariga ruxsat berish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.
Shuningdek, hozirgi vaqtda Hindistonning Indo Organics kompaniyasi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga Namangan viloyatida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yoʻlga qoʻyyadi.
Maʼlumot uchun, hozirda ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 foizdan oshdi. 2022 yilning birinchi yarmida oʻzaro savdo qariyb 30 foizga koʻpayib 324,5 mln dollardan oshdi.
2017 yildan buyon Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan hind kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qariyb 5 barobar oshdi. Oʻtgan yilning oʻzida 70ga yaqin korxona ish boshladi va ularning umumiy soni 357 taga etdi. Ayni paytda turli tarmoqlarda umumiy qiymati 3 mlr dollardan ziyod 80 dan ortiq qoʻshma loyiha amalga oshirilmoqda.