Sport

Oʻzbekistonlik atlet jahon chempioni boʻldi

© United World Wrestlingyunon-rum kurashi
yunon-rum kurashi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rimda boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatida oʻzbekistonlik atlet Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. 25−31 iyul kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida oʻtkazilayotgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻzbekistonlik atlet Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytjan Xalmaxonov 51 kg vazngacha boʻlgan polvonlar oʻrtasidagi bahslarda ishtirok etib, finalda eronlik Muhammadrizo Golamini magʻlub etdi va oltin medalga sazovor boʻldi.
“Mahoratli yunon-rum kurashchimiz chempionlik uchun kechgan bahsda eronlik raqibini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritdi!”, - deyiladi xabarda.
© United World Wrestlingyunon-rum kurashi
yunon-rum kurashi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2022
yunon-rum kurashi
Shuningdek, 45 kilogramm vaznda kurashgan Shahzod Roʻzioxunov ukrainalik Evgen Pokovbaga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlangan.
Bundan tashqari, Xurshidbek Normuhammadov 55 kg vazngacha boʻlgan polvonlar oʻrtasidagi kurashda yaponiyalik Kohaku Kanazavani 5-4, Behruz Barnoyev 65 kg vazngacha boʻlgan polvonlar oʻrtasidagi kurashda ozarbayjonlik Ali Alizodani 9-3 hisobida engib, jahon chempionatining bronza medaliga sazovor boʻlgan.
“Yunon-rum kurashchilarimiz jahon chempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan yakunladi”, deyiladi “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi xabarida.
Yangiliklar lentasi
0