Jamiyat

Oʻzbekistonning demografik koʻrsatkichlari maʼlum qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnik Sabantuy v tsentralnom parke Tashkenta
Prazdnik Sabantuy v tsentralnom parke Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston aholisining 17,7 mln nafari ayollardan, 17,9 mln nafari erkaklardan tashkil topgan.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. 2022 yilning 1 iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 35,6 mln kishi istiqomat qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, umumiy aholining 17,7 mln nafari ayollardan, 17,9 mln nafari erkaklardan tashkil topgan.
Aholining 18,1 mln nafari shaharlarda, qolgan 17,5 mln nafari esa qishloqlarda yashaydi.
1 iyul holatiga koʻra, 413,6 ming kishi tugʻilgan, 80,9 ming kishi vafot etgan. Koʻrib chiqilayotgan davrda 108,9 mingta nikoh, 24,6 mingta ajrim qayd etilgan.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonga 0,9 ming kishi koʻchib kelgan boʻlsa, 1,4 ming kishi koʻchib ketgan.
Avvalroq Oʻzbekistonning doimiy aholisi eng koʻp hududi Samarqand viloyati, eng kami esa Sirdaryo viloyati hisoblanishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0