Peskov: butun Ukrainani neonatsizmdan ozod qilish kerak

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishYejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina
Yejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibi DXR va LXRdagi odamlarni himoya qilish uchun choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Kreml umuman Ukrainani neonatsizm kayfiyatidan xalos qilish deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. U DXR rahbari Denis Pushilinning Ukrainadagi “rus shaharlarini ozod qilish fursati yetdi” degan gaplariga shunday munosabat bildirgan.
“Kreml umuman Ukrainani har qanday ehtimoliy bunday neonatsizm kayfiyatlaridan ozod qilishga bo‘lgan kayfiyatni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu zarur. LXR va DXRdagi odamlarni himoya qilishga qaratilgan maxsus operatsiya davomida qabul qilinayotgan choralarni qabul qilmoq darkor”, - dedi Peskov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Avvalroq DXR rahbari Pushilin 28-iyul kuni Brestni sovet qo‘shini tomonidan ozod qilinganiga 78-yil to‘lganini eslatib, shaharni rus askarining jasorati va qarshilik ko‘rsatishining namunasi deb atagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “bugun ruslar tomonidan asos solingan shaharlar: Kiyev, Chernigov, Poltava, Odessa, Dnepropetrovsk, Xarkov, Zaporojye, Luskni yana ozod qilish fursati yetgan”.
Medvedev G‘arb Ukrainaning qulashini qanday bashorat qilishini ko‘rsatdi
Yangiliklar lentasi
0