Kolumnistlar

"Qattiq qarshilik boʻladi": nega NATOni Jonsonga topshirishmoqchi?

© AFP 2022 / STRVladimir Zelenskiy i premyer-ministr Velikobritanii Boris Djonson, pojimayuщiye drug drugu ruki pered peregovorami v stolitse Ukrainы Kiyeve
Vladimir Zelenskiy  i premyer-ministr Velikobritanii Boris Djonson, pojimayuщiye drug drugu ruki pered peregovorami v stolitse Ukrainы Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Boris Jonsonni Britaniya hukumatidan haydab chiqarishga ulgurishmasdanoq, OAVlar unga yangi ish topgandek, yaʼni uni NATO bosh kotibi deb saylashni taklif qilishmoqchi.
Mixail Katkov
Konservativ partiyaga bu gʻoya maʼqul. Baʼzilar Jonsonni “millatga isnod keltirgan” deb biladi, ammo Rossiyaga qarshi asosiy kurashchi roliga u tamomila mos keladi. Britaniyalik gʻaroyib siyosatchining karyera istiqbollari haqida - batafsil RIA Novosti materialida

“Gʻarb qirgʻiyi”

NATOning yangi bosh kotibi 2023 yilda tayinlanishi kerak. The Telegraph fikriga koʻra, Rossiyaga qarshi faol pozitsiyasi sababli Boris Jonson bu lavozimga mos keladi. Bundan tashqari, Brexit sobiq vaziri Devid Jonsonning taʼkidlashicha, aynan Boris Shvetsiya va Finlyandiyani alyansga aʼzo boʻlish uchun ariza topshirishga koʻndirgan.
Konservatorlar partiyasida bu tashabbusni qoʻllab – quvvatlashmoqda. Parlament mudofaa qoʻmitasining tori vakili Richard Draksning soʻzlariga koʻra, Jonson - atoqli britaniyalik. Bundan tashqari, u Kiyevning lobbistik salohiyatiga tayanishi mumkin. Bejizga uni Jonsonyuk deb atashmaydi - u ukrainlarga juda yaqin. Prezident maʼmuriyati saytida hatto uni Ukraina bosh vaziri etib saylash haqida petitsiya paydo boʻlgan.
Jonson NATO bosh kotibi sifatida Rossiya bilan kurashda yevropaliklardan katta qatʼiyat kutayotgan AQSH uchun juda foydali boʻladi. Gʻarbiy OAV lar bir necha bor taʼkidlashgan, yaʼni Yevroittifoqning koʻp mamlakatlari yoki Moskva bilan dialogga kirishadi, yoki Rossiya - Ukraina mojarosidan oshkora masofa saqlashmoqda. Jonsonyukning gʻayratliligi va janjalkashligi ularning oʻz pozitsiyalarini oʻzgartirish uchun qoʻl kelishi mumkin.
Mirror nashrining taʼkidlashicha, Jonsonning mamlakat mudofaa xarajatlarini YAIMning 2 %dan 2,5 %gacha oshirishga vaʼda bergani ham foydali boʻladi. Agar u bosh kotib sifatida buni uddalasa, nafaqat Londonga balki NATOning barcha mamlakatlari uchun manfaatli boʻladi.

Ichki ixtilof

Jonson NATOning britaniyalik toʻrtinchi rahbari boʻlishi mumkin, ammo boshqa nomzodlar ham bor. 2021 yilda OAVlar nomzodlar orasida Germaniya, Xorvatiya, Litva va Estoniyaning sobiq rahbarlari: Angela Merkel, Kolinda- Grabar-Kitarovich, Dalyu Gribauskayte va Kersti Kalyulaydni koʻrsatib oʻtishgan. Bu yerda Gʻarbning gender tenglik boʻyicha siyosatining oʻrni bor.
Ehtimol, sobiq bosh vazir uchun Kanada, Polsha, Ruminiya, Boltiqboʻyi, Chexiya, Xorvatiya va boshqa rusofob mamlakatlar ovoz berishi mumkin. Biroq, masala hali yechilgani yoʻq. Britaniya armiyasining sobiq rahbari Richard Dannat aytgandek u odam “millatga isnod keltirgan”. Boshqa mamlakatlarda esa u haqida bundanda yomon fikr bildirishadi.
Jonsonga Yevroittifoq liderlari qarshi chiqishlari mumkin. Masalan, The Telegraph Yevropa integratsiyasining asosiy tarafdori boʻlmish Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronning YEIdan Londonni chiqarib olgan odamni qoʻllab-quvvatlashga shubha bildirmoqda. Kiyevga katta harbiy yordam berishga tiyilib turgan Germaniya kantsleri Olaf Sholts ham Jonsonni NATO rahbari kreslosida koʻrishdan mamnun boʻlmaydi.
Yanada qiyinroq vaziyat Turkiya prezidenti Rejep Toyyip Erdogʻan bilan boʻlishi mumkin. Shvetsiya va Finlyandiyani NATOga qabul qilish jarayonlari hanuzgacha tugagani yoʻq - Anqara konsensusga almashish sifatida Amerikada ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyotlar va kurdlarni topshirishni talab qilmoqda. Turk yetakchisi haqida masxara qiluvchi sheʼrlar yozgan Jonsonning muzokaralarda paydo boʻlishi esa vaziyatni umuman osonlashtirmaydi. Qolaversa, Turkiya alyansda armiya soni boʻyicha ikkinchi yirik mamlakat.
NATO nizomiga koʻra, Bosh kotib bir ovozdan saylanadi. Amalda bunga norasmiy diplomatik aloqalar orqali erishiladi. Misol uchun, 2009 yilda Anqara Anders Fog Rasmussenga qarshi chiqqan, biroq veto qoʻymagan.

Asosiy dushman

NATOning hozirgi bosh kotibi mana shu yili isteʼfoga chiqishi kerak edi. Ammo Ukraina mojarosi sabab, alyansda bir muddat kutishga qaror qilishdi. Stoltenbergni qatʼiyatsizlikda ayblashmoqda. U nafaqat Rossiya bilan kelishishga chaqirgan, balki Ukraina osmonini yopishni rad etgan. Kiyevda buni koʻpchilik sotqinlik sifatida qabul qildi.
Iyun oyi soʻnggida Madridda NATO mamlakatlari sammiti boʻlib oʻtdi va unda Moskvani “ittifoqdoshlar xavfsizligi uchun muhim va toʻgʻridan-toʻgʻri tahdid” sifatida baholashdi. RIA Novosti bilan suhbat qilgan ekspertlarning aytishicha, shu sababli alyansga amaldagi bosh kotibga qaraganda ancha radikal odam kerak.
"Jonson Yevropadagi bir guruh mamlakatlarni Ukraina Rossiya ustidan gʻalaba qozongunga qadar- yaʼni 1991 yildagi hududlarini qaytarmaguncha jang qilishni taʼkidlagan", - deydi Yevro-Atlantika hamkorlik assosiatsiyasi prezidenti, Rossiya Fanlar akademiyasi INION direktori oʻrinbosari Tatyana Parxalina.
“Bosh kotib alyans aʼzolarini nazorat qiladigan va muammolarga oʻz yechimini taklif qiladigan boʻlishi kerak. Agar 2023 yilning kuz fasliga kelib ham Moskvaga qattiq qarshilik qoʻrsatadigan odamga ehtiyoj boʻlsa, Jonsonning saylanishiga katta ehtimol bor”, - deydi Parxalina.
“Jonsonning janjalkashligi alyansga bayram muhitini olib kiradi, biroq hammani birdek xursand qilmaydi”, - deydi “Rossiya v globalnoy politike” nashri muharriri Fyodor Lukyanov. “Jonson Ukrainani faol qoʻllab-quvvatlamoqda. Uning qatʼiyati kimgadir dadillik beradi, yana boshqalarni esa qoʻrqitadi, chunki hamma ham olov ichiga kirishga tayyor emas. Jonsonning saylanishi NATO ning Rossiyaga boʻlgan munosabati hech oʻzgartirmaydi. Chunki bosh kotib sifatida unga kerakli funktsional boʻlmaydi, biroq blok aʼzolarini qutblashtira oladi”, - deya taʼkidlamoqda siyosatshunos.
Boshqa tomondan esa NATOning byurokrativ apparati Jonsonni oʻz nazoratiga oladi va uning oʻz xarakteri - volyuntarizm, shartlarga murosasizlik va surbetligi - alyansning strategik manfaatlaridan yuqori turishiga yoʻl qoʻymaydi.
Yangiliklar lentasi
0