Samarqandda “ZIL” ko‘prikdan tushib ketdi

© Foto: Samarqand viloyati IIBSamarqandda "ZIL" ko‘prikdan tushib ketdi
Samarqandda ZIL ko‘prikdan tushib ketdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishgan chorrahada harakatlanib kelayotgan "ZIL" ko‘prikdan pastga tushib ketgan.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Samarqand shahrida "ZIL" yuk mashinasi ko‘prikdan tushib ketdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.
Hodisa 28-iyul kuni soat 11:40 lar atrofida ro‘y bergan. Shaharning Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishgan chorrahada harakatlanib kelayotgan "ZIL" haydovchisi M.Ch. boshqaruvini yo‘qotib, shu chorrahadagi ko‘prikdan pastga tushib ketgan.
Haydovchi tibbiyot birlashmasiga olib borilgan va unga shifokor yordami ko‘rsatilgan. Hozirda ahvoli yaxshi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0