Dunyoda

Stiven Sigal Rossiya fuqaroligidan hech qachon voz kechmoqchi emas

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishAkter Stiven Sigal
Akter Stiven Sigal - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gollivud yulduzi besh yildan buyon Rossiya fuqarosi hisoblanadi - tafsilotlar.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Bir necha yil avval Rossiya pasportini olgan amerikalik aktyor va kinoprodyuser Stiven Sigal RIA Novosti agentligiga Rossiya fuqaroligidan hech qachon voz kechmasligini maʼlum qildi.
"Birinchidan, men hech qachon Rossiya pasportidan voz kechmayman. Ikkinchidan, men har kuni rusofobiyaga duch kelaman", - deydi u.
Bundan tashqari, 2018 yil avgust oyidan boshlab, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya va AQSH oʻrtasidagi gumanitar aloqalar boʻyicha maxsus vakili hisoblangan aktyor oʻz lavozimini oʻzgartirishi mumkinligi va bu masala muhokama qilinayotganini aytib oʻtdi.

"Bilasizki, AQSH va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar juda tarang. Menga avvalroq berilgantopshiriq yuzasidan pozitsiyamni oʻzgartirish haqida munozaralar ketmoqda", - deydi Sigal.

Qayd etish joiz, Sigal ushbu lavozimda madaniyat, fan, taʼlim, sanʼat va sport sohasidagi loyihalarda ishtirok etgan.
Aktyor Qalmogʻiston, Tuva va Yoqutistonga tashrif buyurib, oʻzining kelib chiqish ildizlarini oʻrganar ekan, Ukrainada ham qarindoshlari boʻlishi mumkinligini aytdi.

"Rossiyada koʻp qarindoshlarim bor. Ular asosan Uzoq Sharq, Vladivostok, Irkutsk, Yoqutiston, Baykal, Buryatiyada. Ukrainaga kelsak: qarindoshlarim boʻlishi mumkin, lekin ishonchim komil emas” - deydi u.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yil noyabrda prezident Vladimir Putin amerikalik aktyor va prodyuser Stiven Sigalga Rossiya fuqaroligini berish haqidagi farmonni imzolagan edi. Sigalning otasi Rossiya hududida tugʻilgan va XX asrning birinchi yarmida AQShga koʻchib ketgan.
Yangiliklar lentasi
0