https://oz.sputniknews-uz.com/20220728/tadbirkorlar-murojaatini-kechayu-kunduz-qabul-qiluvchi-virtual-ofis-ish-boshlaydi-26600105.html
Tadbirkorlar murojaatini kechayu kunduz qabul qiluvchi virtual ofis ish boshlaydi
Tadbirkorlar murojaatini kechayu kunduz qabul qiluvchi virtual ofis ish boshlaydi
“Tadbirkor virtual ofisi” portaliga kelib tushgan murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi hamda natijalar eʼlon qilib boriladi. 28.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-28T11:43+0500
2022-07-28T11:43+0500
2022-07-28T11:59+0500
jamiyat
tadbirkor
yangi farmon
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/481/80/4818006_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_ede902975b6b3ec6c9910cf1baa480ff.jpg
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 avgustdan “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali ishga tushiriladi. Bu 27 iyul kuni prezident imzolagan farmonda nazarda tutilgan.Hujjatga koʻra, “business.gov.uz” portali “Tadbirkor virtual ofisi” portaliga aylantirildi.Endilikda mazkur portal tadbirkorlarning murojaatlarini kechayu kunduz qabul qiladi.Portalda quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:Shuningdek, portal litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar, kredit, subsidiya, kompensatsiya hamda kafilliklar olish, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimlari bilan ulanadi.1 avgustdan boshlab portalga quyidagilar tomonidan murojaatlar kiritiladi:Murojaatlar avtomatik yoki vakil tomonidan vakolatli organlarga koʻrib chiqish va hal etish uchun yoʻnaltiriladi.Yil yakuniga qadar portalning Mobile-ID tizimi orqali identifikatsiyalash imkoniyatiga ega mobil versiyasi yaratiladi.Qolaversa, farmon bilan Adliya vazirligi tomonidan 1 sentyabrgacha umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi talablarni soddalashtirishga oid hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/481/80/4818006_157:0:1057:675_1920x0_80_0_0_24e8a2144412ba3eb6196ac1cf7e6fd6.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
tadbirkor, yangi farmon
Tadbirkorlar murojaatini kechayu kunduz qabul qiluvchi virtual ofis ish boshlaydi
11:43 28.07.2022 (yangilandi: 11:59 28.07.2022) “Tadbirkor virtual ofisi” portaliga kelib tushgan murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi hamda natijalar eʼlon qilib boriladi.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 avgustdan “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali ishga tushiriladi. Bu 27 iyul kuni prezident imzolagan farmonda nazarda
tutilgan. Hujjatga koʻra, “business.gov.uz” portali “Tadbirkor virtual ofisi” portaliga aylantirildi.
Endilikda mazkur portal tadbirkorlarning murojaatlarini kechayu kunduz qabul qiladi.
Portalda quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
davlat organlari va tashkilotlari hamda tadbirkorlik subʼyektlari oʻrtasida tematik onlayn muhokamalar va soʻrovnomalar oʻtkazish orqali tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni shakllantirish;
qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tadbirkorlik subʼyektlarining jamoaviy murojaatlarini qabul qilish.
Shuningdek, portal litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar, kredit, subsidiya, kompensatsiya hamda kafilliklar olish, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimlari bilan ulanadi.
1 avgustdan boshlab portalga quyidagilar tomonidan murojaatlar kiritiladi:
Tadbirkorlik subʼyektlari;
Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Sall-markaz” xizmati;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil – tadbirkorlardan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar asosida;
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari. Bunda, mahalla darajasida hal etish imkoniyati mavjud boʻlmagan murojaatlar portalga kiritiladi.
Murojaatlar avtomatik yoki vakil tomonidan vakolatli organlarga koʻrib chiqish va hal etish uchun yoʻnaltiriladi.
Murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi hamda natijalar toʻgʻrisida axborot portalga joylanadi.
Yil yakuniga qadar portalning Mobile-ID tizimi orqali identifikatsiyalash imkoniyatiga ega mobil versiyasi yaratiladi.
Qolaversa, farmon bilan Adliya vazirligi tomonidan 1 sentyabrgacha umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi talablarni soddalashtirishga oid hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.