Toshkentdagi ayrim yo‘llar avtomobillar harakati uchun 10 kunga yopiladi

© SputnikDorojnie znaki
Dorojnie znaki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
Harakat Toshkentda Food Fest-2022 gastronomik festivali o‘tkazilishi sabab cheklanadi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. 29 iyul — 7-avgust kunlari Toshkentda Food Fest-2022 gastronomik festivali o‘tkazilishi tufayli qator yo‘llar avtotransport harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Quyidagi ko‘chalarda transport harakati cheklanadi:
Istiqlol ko‘chasi — Buyuk Turon ko‘chasidan Hyatt Regency mehmonxonasigacha bo‘lgan qismida;
Zarafshon ko‘chasi — Istiqlol ko‘chasidan va Mustaqillik shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
Javohirlal Neru ko‘chasi — Mustaqillik shoh ko‘chasidan Zarafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismida.
© Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiYopiladigan yo‘llar
Yopiladigan yo‘llar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Yopiladigan yo‘llar
Eslatib o‘tamiz, festival iyun oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Hokimlik iyul-avgust oylarida Toshkentga xorijlik sayyohlar oqimi ko‘payishi kutilayotganligi sababli uning o‘tkazilishi bir oyga kechiktirilishini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0