Ukraina “eng yaxshi do‘sti”ni yo‘qotdi – OAV

© AFP 2023 / SERGEI SUPINSKYPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina rasmiylari London Kiyev bilan yaqin do‘stlik aloqalarini saqlab qolmasligidan xavotirda.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Ukraina Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson timsolidagi “eng yaxshi do‘sti”ni yo‘qotdi, deb yozadi Yevropaning “Politico” nashri.
Nashrga ko‘ra, siyosatchining iste’foga chiqishi uning Kiyevdagi ittifoqchilarini tushkunlikka tushirgan. Ukraina rasmiylari London Kiyev bilan yaqin do‘stlik aloqalarini saqlab qolmasligidan xavotirda.
Xususan, mamlakat tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Jonsonning o‘rnini hech kim bosa olmaydi, deb hisoblaydi. U, ayniqsa, ikki yetakchi (Vladimir Zelenskiy va Boris Jonson – tahr.) o‘rtasidagi “aloqa”ni alohida ta’kidlab, boshqa yetakchilar bilan bunday aloqa qilishning iloji yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.
Jonsonning uzoq yillik siyosiy ittifoqchilaridan biri bosh vazirning ketishi Ukraina uchun “haqiqiy xavf”tug‘dirishini, biroq Yevropada ko‘pchilik bundan juda xursand ekanini aytgan.
Aprel oyida Jonson koronavirus pandemiyasi davrida Dauning-stritdagi bazmlar bilan bog‘liq janjallarga qaramay, u bosh vazir kursisida qolishi va 2024-yilga belgilangan navbatdagi parlament saylovlarida qatnashishi mumkinligiga ishonch bildirgan edi.
Biroq, 7-iyul kuni, Britaniya hukumati a’zolarining ommaviy iste’foga chiqishi ortidan, u konservatorlar partiyasi rahbari va bosh vazir lavozimlarini tark etishini e’lon qildi. Jonson partiya yangi yetakchini saylamaguncha o‘z lavozimida qoladi.
Yangiliklar lentasi
0