https://oz.sputniknews-uz.com/20220728/velosiped-haydashning-salomatlikka-tasiri-va-unga-qarshi-korsatmalar-26603243.html
Velosiped haydashning salomatlikka taʼsiri va unga qarshi koʻrsatmalar
Velosiped haydashning salomatlikka taʼsiri va unga qarshi koʻrsatmalar
Velosport- yoqimli va foydali mashgʻulotlardan biri. U bilan muntazam shugʻullanish turli kasalliklarga chalinishni oldini oladi.
2022-07-28T22:09+0500
2022-07-28T22:09+0500
2022-07-28T22:09+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
salomatlik
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/06/04/19095466_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_289cc1f34976ec1e30adb5b6f43d1099.jpg
Velosport- yoqimli va foydali mashgʻulotlardan biri. U bilan muntazam shugʻullanish turli kasalliklarga chalinishni oldini oladi. Velosipedning erkaklar, ayollar, bolalar, hatto homilador ayollar uchun ham foydasi koʻp. Albatta, meʼyorida.Foydali xususiyatlariVelosiped haydash butun tananing umumiy salomatligiga ijobiy taʼsir qiladi. Koʻngina yurak kasalliklarini ilk bosqichida aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, nafas olish va yurak - qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Oʻrta yoshli odam uchun velosiped haydayotganda optimal puls daqiqasiga 138 dan 157 boʻlishi xavfsiz boʻlishi mumkin.Velosiped haydash yurak xastaligi va saraton xavfini kamaytiradi. Shuningdek, chidamlilik va oʻpka rivojlanishiga yordam beradi, bu esa nafas olishni osonlashtiradi. Velosipedda yurish psixologik holatni yaxshilashga yordam beradi, chunki velosayr paytida endorfinlar ajralib chiqadi va kortizol darajasi yaxshilanadi. Muntazam jismoniy harakat sababli uyqu yaxshiroq va xotirjam boʻladi, miyaning kognitiv funktsiyalari kuchayadi. Yuqorida aytib oʻtilganidek, velosiped vazn yoʻqotishga va son sohasida mushaklar yigʻishga yordam beradi.2-toifa diabet bilan ogʻrigan odamlarda erta oʻlim xavfi kamayadi. Velosiped haydash paytida koʻproq jismoniy faollik keksa odamlarda koʻzlari koʻrmay qolishining asosiy sababi deb hisoblanadigan yoshga bogʻliq katarakta ehtimolini kamaytirishi mumkin. Tana muntazam mashgʻulotlar bilan yaxshi holatda boʻlganligi sababli, har qanday kasallikka chalinish kamayadi.Velosipedlardan ommaviy foydalanish havoga karbonad angidrid chiqindilarini kamaytirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, bu ham aholining umumiy turmush sifatiga taʼsir qiladi. Velosipedda yurish vaqt va benzin uchun tejaydi, ortiqcha va yoqimsiz tirbandliklarning oldini oladi.Qancha kaloriya yoʻqoladi?Velosiped haydab mushaklarni chiniqtirish bilan birgalikda, kaloriyalardan xalos boʻlish mumkin. Masalan, 40- 90 minutlik velosayrda 200dan 800 gacha kilokaloriya sarflanadi. Velosiped haydab ortiqcha vazndan xalos boʻlish osonroq va yengilroq, chunki moʻtadil va intensiv jismoniy faoliyatda vazn tez yoʻqoladi. Velosport bilan muntazam shugʻullanish metabolizmni yaxshilash va qorin- qorinoldi sohalarda yogʻlardan xalos boʻlishga yordam beradi.Agar haftada uch-toʻrt marta 1 soatlik velosayr qilib, toʻgʻri ovqatlanish qoidalarga rioya qilinsa, ancha yengil va samarali ozish mumkin.ZararlariVelosiped haydashdan oldin ozgina chiniqtiruvchi mashqlar qilish kerak. Chunki bu boʻgʻim va mushaklarga yuklamalarni kamaytiradi. Velosiped haydayotganda aynan ular xavf zonasida boʻladi. Shuningdek, noqulayliklar va yiqilganda shikastlarni oldini olish uchun velosayrga toʻgʻri kiyim tanlash kerak.Aslida velosipedning salomatlikka foydali jihatlari zararlariga qaraganda koʻp.Kimlarga mumkin emas?Garchi velosport universal mashgʻulot boʻlsada, unda ham bir qancha qarshi koʻrsatmalar bor:
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/06/04/19095466_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_d0fe56a4f0d56c571ba0a3f1d382517c.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi, salomatlik
Velosiped haydashning salomatlikka taʼsiri va unga qarshi koʻrsatmalar
Velosiped haydash yurak va saroton kasalligiga chalinishni oldini olishi mumkin
Velosport- yoqimli va foydali mashgʻulotlardan biri. U bilan muntazam shugʻullanish turli kasalliklarga chalinishni oldini oladi. Velosipedning erkaklar, ayollar, bolalar, hatto homilador ayollar uchun ham foydasi koʻp. Albatta, meʼyorida.
Foydali xususiyatlari
Velosiped haydash butun tananing umumiy salomatligiga ijobiy taʼsir qiladi. Koʻngina yurak kasalliklarini ilk bosqichida aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, nafas olish va yurak - qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Oʻrta yoshli odam uchun velosiped haydayotganda optimal puls daqiqasiga 138 dan 157 boʻlishi xavfsiz boʻlishi mumkin.
Velosiped haydash yurak xastaligi va saraton xavfini kamaytiradi. Shuningdek, chidamlilik va oʻpka rivojlanishiga yordam beradi, bu esa nafas olishni osonlashtiradi. Velosipedda yurish psixologik holatni yaxshilashga yordam beradi, chunki velosayr paytida endorfinlar ajralib chiqadi va kortizol darajasi yaxshilanadi. Muntazam jismoniy harakat sababli uyqu yaxshiroq va xotirjam boʻladi, miyaning kognitiv funktsiyalari kuchayadi. Yuqorida aytib oʻtilganidek, velosiped vazn yoʻqotishga va son sohasida mushaklar yigʻishga yordam beradi.
2-toifa diabet bilan ogʻrigan odamlarda erta oʻlim xavfi kamayadi. Velosiped haydash paytida koʻproq jismoniy faollik keksa odamlarda koʻzlari koʻrmay qolishining asosiy sababi deb hisoblanadigan yoshga bogʻliq katarakta ehtimolini kamaytirishi mumkin. Tana muntazam mashgʻulotlar bilan yaxshi holatda boʻlganligi sababli, har qanday kasallikka chalinish kamayadi.
Velosipedlardan ommaviy foydalanish havoga karbonad angidrid chiqindilarini kamaytirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, bu ham aholining umumiy turmush sifatiga taʼsir qiladi. Velosipedda yurish vaqt va benzin uchun tejaydi, ortiqcha va yoqimsiz tirbandliklarning oldini oladi.
Qancha kaloriya yoʻqoladi?
Velosiped haydab mushaklarni chiniqtirish bilan birgalikda, kaloriyalardan xalos boʻlish mumkin. Masalan, 40- 90 minutlik velosayrda 200dan 800 gacha kilokaloriya sarflanadi. Velosiped haydab ortiqcha vazndan xalos boʻlish osonroq va yengilroq, chunki moʻtadil va intensiv jismoniy faoliyatda vazn tez yoʻqoladi. Velosport bilan muntazam shugʻullanish metabolizmni yaxshilash va qorin- qorinoldi sohalarda yogʻlardan xalos boʻlishga yordam beradi.
Agar haftada uch-toʻrt marta 1 soatlik velosayr qilib, toʻgʻri ovqatlanish qoidalarga rioya qilinsa, ancha yengil va samarali ozish mumkin.
Zararlari
Velosiped haydashdan oldin ozgina chiniqtiruvchi mashqlar qilish kerak. Chunki bu boʻgʻim va mushaklarga yuklamalarni kamaytiradi. Velosiped haydayotganda aynan ular xavf zonasida boʻladi. Shuningdek, noqulayliklar va yiqilganda shikastlarni oldini olish uchun velosayrga toʻgʻri kiyim tanlash kerak.
Aslida velosipedning salomatlikka foydali jihatlari zararlariga qaraganda koʻp.
Kimlarga mumkin emas?
Garchi velosport universal mashgʻulot boʻlsada, unda ham bir qancha qarshi koʻrsatmalar bor:
Varikoz kasalligining kuchayishi
Koordinatsiya va reaktsiya koʻrsatish funktsiyasining buzilishi
Skolioz (umurtqa qiyshiqligi)
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari
Homiladorlik (oxirgi oylarida)
Osteoporoz (suyaklar bilan muammolar)