https://oz.sputniknews-uz.com/20220729/barcha-viloyatlarda--it-akademiyalari-tashkil-etiladi-26645677.html
Barcha viloyatlarda IT akademiyalari tashkil etiladi
Barcha viloyatlarda IT akademiyalari tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyev IT sohasi vakillari bilan muloqot qildi. 29.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-29T18:06+0500
2022-07-29T18:06+0500
2022-07-29T18:06+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
axborot texnologiyalari (it)
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/1d/26645071_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c0c1eb52143f0ea93a7a0bdd84e14812.jpg
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Prezident viloyat hokimlariga oʻz hududida kamida 1 tadan IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlash topshirigʻini berdi.Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda.Qayd etilishicha, "Astrum" akademiyasida yuzlab yoshlar eng zamonaviy dasturlash koʻnikmalarini egallab, oʻqish davomidayoq daromad topmoqda.Taʼkidlanishicha, xorijiy hamkorlar bilan birga maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlarda oʻquvchi va talabalarning IT koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.Prezident bu dastur kelgusida ham davom ettirilishini aytdi.Maʼlumot uchun, Jahonda IT sohaning oʻsish surʼatlari yiliga 10 foizni tashkil etib, joriy yilda 4,3 trln dollarga yetadi.Oʻzbekistonda ushbu sohaga soʻnggi besh yilda 2 mlr dollar, shundan 700 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar yoʻnaltirildi.Hozirda IT-parklarda 14 ming nafar yoshlar yuqori daromadli ish joylari bilan taʼminlandi.Shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan 2,5 barobarga oʻsib, 43 mingga yetdi.Joriy yilning oʻzida mamlakatda 134 ta yangi, jumladan 50 ta xorijiy IT kompaniyalari tashkil etildi, eksportchi korxonalar soni esa 2 baravarga oshdi.Soʻnggi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqaro reytingda Oʻzbekiston 15-oʻringa koʻtarildi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/1d/26645071_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9e4f2d8b870dd35788591551d37fc555.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, axborot texnologiyalari (it)
Barcha viloyatlarda IT akademiyalari tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyev IT sohasi vakillari bilan muloqot qildi.
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Prezident viloyat hokimlariga oʻz hududida kamida 1 tadan IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlash topshirigʻini
berdi. Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda.
Qayd etilishicha, "Astrum" akademiyasida yuzlab yoshlar eng zamonaviy dasturlash koʻnikmalarini egallab, oʻqish davomidayoq daromad topmoqda.
“Boshqa hududlarda ham bunday IT akademiyalar tashkil qilish istagida boʻlganlarning tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlaymiz, barcha masalalarini hal qilib beramiz”, deydi prezident.
Taʼkidlanishicha, xorijiy hamkorlar bilan birga maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlarda oʻquvchi va talabalarning IT koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Prezident bu dastur kelgusida ham davom ettirilishini aytdi.
“Kelgusi besh yilda mamlakatimiz IT xizmatlari eksportini 1 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Maʼlumot uchun, Jahonda IT sohaning oʻsish surʼatlari yiliga 10 foizni tashkil etib, joriy yilda 4,3 trln dollarga yetadi.
Oʻzbekistonda ushbu sohaga soʻnggi besh yilda 2 mlr dollar, shundan 700 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar yoʻnaltirildi.
Hozirda IT-parklarda 14 ming nafar yoshlar yuqori daromadli ish joylari bilan taʼminlandi.
Shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan 2,5 barobarga oʻsib, 43 mingga yetdi.
Joriy yilning oʻzida mamlakatda 134 ta yangi, jumladan 50 ta xorijiy IT kompaniyalari tashkil etildi, eksportchi korxonalar soni esa 2 baravarga oshdi.
Soʻnggi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqaro reytingda Oʻzbekiston 15-oʻringa koʻtarildi.