Jamiyat

Buxoroda Hindistoning Acharya instituti filiali ochiladi

© Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoroda Hindistoning Acharya instituti filiali ochiladi
Buxoroda Hindistoning Acharya instituti filiali ochiladi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlashga oid memarandum imzolandi.
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Buhoro viloyatida Hindistonning Acharya instituti filiali ochiladi. Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Ayni kunlarda Dehlida Hindiston-Oʻzbekiston biznes-forumi boʻlib oʻtmoqda. Forum doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda Acharya instituti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida Acharya institutining Oʻzbekistondagi filialini ochilish koʻzda tutilgan.
“Kelgusida mazkur oliy taʼlim tashkilotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassislar yetishib chiqariladi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Acharya instituti 1990 yilda tashkil etilgan va u Bangalordagi eng yirik xususiy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Uning tarkibida 10 ta institut va 15 ta tadqiqot markazi mavjud. Acharya institutlari tarmogʻida 75 mamlakatdan kelgan 15 mingdan ziyod talabalar taʼlim olmoqda.
Taʼlim 100 dan ortiq oʻquv dasturlari boʻyicha olib boriladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Hindiston-Oʻzbekiston biznes-forumida ikki mamlakat oʻrtasida xususiy tibbiyot, farmatsevtika, poyabzal va charm buyumlar ishlab chiqarish sohalarida qator bitimlar imzolangandi.
Yangiliklar lentasi
0