Dunyoda

Gʻarb sanktsiyalariga boshqa davlatlar ham duch kelishi mumkin – Rossiya diplomati

© Sputnik / Aleksey VitvitskiyFlagi SSHA i YES, arxivnoye foto
Flagi SSHA i YES, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Georgiy Yegorov: Bizning muxoliflarimiz Rossiya bilan cheklanib qolmasligi aniq.
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Dunyo Gʻarbning Rossiyani jilovlash siyosatining choʻqqisiga guvoh boʻlmoqda, biroq u Moskva bilan cheklanib qolmaydi, qaror qabul qilishda oʻz mustaqilligini saqlab qolgan boshqa davlatlar ham sanktsiyalar va boykotlarga duch kelishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning Xitoydagi elchixonasi matbuot kotibi Georgiy Yegorov taʼkidladi. RIA Novosti.

Hozirda dunyo oʻz tarixidagi eng notinch davrlardan birini boshdan kechirmoqda. Aslida biz Gʻarb uzoq vaqtdan buyon pozitsiyalarimizni zaiflashtirish, bir qutbli dunyo parchalanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida amalga oshirayotgan Rossiyani jilovlash siyosatining choʻqqisiga guvoh boʻlmoqdamiz, dedi Yegorov.

Uning qoʻshimcha qilishicha, “bu holatga va bu “falsafa”ga rozi boʻlmaganlar sanktsiyalar va har xil boykotlarga duchor boʻladi”.

Bizning muxoliflarimiz Rossiya bilan cheklanib qolmasligi aniq. Bizdan keyin navbat qaror qabul qilishda suverenitet va mustaqillikni saqlab qolgan, BMT Xavfsizlik Kengashidan tashqarida qabul qilingan noqonuniy bir tomonlama sanktsiyalarga qarshi chiqqan davlatlarga kelishi mumkin, dedi diplomat.

Shuningdek, u “dezinformatsiya texnologiyasi Gʻarb siyosatining usuli sifatida AQShning xizmatkori boʻlishni istamaydigan davlatlarga nisbatan muntazam qoʻllanilayotganini” aytgan. Uning eslatishicha, “Gʻarbning asosiy ommaviy axborot vositalari Xitoyni COVID-19 ning sunʼiy kelib chiqishida asossiz va qatʼiy ayblagan, Pekin Olimpiadasini boykot qilishga chaqirgan, Qozogʻistondagi yanvar voqealari paytida olovga moy qoʻshgan”.
Uning aytishicha, bunday misollar cheksiz.
“Bunday shiddatli axborot bosimi sharoitida Gʻarbning tashviqot mashinalariga qarshi turish maqsadi bilan SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida axborot ishi sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, ommaviy axborot vositalari orqali oʻzaro hamkorlikni ragʻbatlantirish, strategik aloqaning umumiy yoʻnalishini rivojlantirish hozirgi bosqichdagi eng muhim vazifalardan”, dedi diplomat.
Yangiliklar lentasi
0