https://oz.sputniknews-uz.com/20220729/ozbekistonda-xotin-qizlar-birlamchi-onkologik-skrining-tekshiruvdan-otkazilmoqda-26632564.html
Oʻzbekistonda xotin-qizlar birlamchi onkologik skrining tekshiruvdan oʻtkazilmoqda
Oʻzbekistonda xotin-qizlar birlamchi onkologik skrining tekshiruvdan oʻtkazilmoqda
Shu yilning oʻtgan 6 oyida onkologik kasallik aniqlangan xotin-qizlarning 2983 nafari sogʻlomlashtirildi. 29.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-29T12:06+0500
2022-07-29T12:06+0500
2022-07-29T12:06+0500
jamiyat
sogʻliqni saqlash vazirligi (ssv)
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/715/45/7154534_0:160:3075:1890_1920x0_80_0_0_340e6f72e3b548dff3f9dbbcce637868.jpg
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda yil yakunigacha 2,3 mln xotin-qizlar birlamchi onkologik skrining tekshiruvidan oʻtkaziladi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.Aytilishicha, shu yilning oʻtgan 6 oyida 643 ming nafar xotin-qiz skrining tekshiruvlaridan oʻtkazildi. Kasalliklar aniqlangan 3 214 nafaridan 2 983 nafari sogʻlomlashtirildi.Shuningdek, 18 yoshgacha boʻlgan 11 mlndan ziyod bolalarni pediatr, stomatolog, endokrinolog va ortoped koʻrigidan oʻtkazish rejalashtirilgan.Quyidagilar bir qator preparatlar bilan taʼminlanadi:Shu yilning oʻtgan 6 oyida amalga oshirilgan ishlar:Qayd etilishicha, shu yil 1 iyuldan boshlab bolalar, homilador va bola emizuvchi ayollarni maxsus profilaktik dori-darmonlar, 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul taʼminlashga kirishildi.Respublika “Ona va bola skriningi” markazi 38,4 mln soʻmlik gematologik analizatorlar bilan taʼminlandi.Nukus, Buxoro, Samarqand, Fargʻona “Ona va bola skriningi” markazlari esa 1,1 mlrd soʻmlik raqamli mikroskoplar hamda laboratoriya uskunalari yetkazib berildi.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/715/45/7154534_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_08cb4f4ad957711d100653fe05a74d7f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sogʻliqni saqlash vazirligi (ssv), oʻzbekiston
Oʻzbekistonda xotin-qizlar birlamchi onkologik skrining tekshiruvdan oʻtkazilmoqda
Shu yilning oʻtgan 6 oyida onkologik kasallik aniqlangan xotin-qizlarning 2983 nafari sogʻlomlashtirildi.
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda yil yakunigacha 2,3 mln xotin-qizlar birlamchi onkologik skrining tekshiruvidan oʻtkaziladi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar
berdi. Aytilishicha, shu yilning oʻtgan 6 oyida 643 ming nafar xotin-qiz skrining tekshiruvlaridan oʻtkazildi. Kasalliklar aniqlangan 3 214 nafaridan 2 983 nafari sogʻlomlashtirildi.
"Barcha tugʻish yoshidagi ayolllarning yagona elektron bazasi yaratiladi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, 18 yoshgacha boʻlgan 11 mlndan ziyod bolalarni pediatr, stomatolog, endokrinolog va ortoped koʻrigidan oʻtkazish rejalashtirilgan.
Quyidagilar bir qator preparatlar bilan taʼminlanadi:
Yod preparati - 400 ming nafar homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 4 mln 3-15 yoshdagi oʻgʻil-qizlar;
Temir va foliy kislotasi preparati - 2 mln 15-35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollar;
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan 75 nafar bolaga zarur dori vositalari yetkazib beriladi.
Shu yilning oʻtgan 6 oyida amalga oshirilgan ishlar:
Prenatal ultratovush tekshiruvidan oʻtkazilgan 333,5 ming nafar boʻlajak onaning 7,9 ming nafarida homilasida nuqson va akusherlik patologiyasi aniqlanib, zarur choralar koʻrildi;
Toshkent shahrining barcha tugʻuruqxonalarida chaqaloqlarda eshitish nuqsonlarini erta aniqlashga qaratilgan audioskrining joriy etildi.
Qayd etilishicha, shu yil 1 iyuldan boshlab bolalar, homilador va bola emizuvchi ayollarni maxsus profilaktik dori-darmonlar, 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul taʼminlashga kirishildi.
Respublika “Ona va bola skriningi” markazi 38,4 mln soʻmlik gematologik analizatorlar bilan taʼminlandi.
Nukus, Buxoro, Samarqand, Fargʻona “Ona va bola skriningi” markazlari esa 1,1 mlrd soʻmlik raqamli mikroskoplar hamda laboratoriya uskunalari yetkazib berildi.