Siyosat

Pokiston transport koridorlarini yaratishni qoʻllab-quvvatlaydi

© Ministerstvo inostrannыx del UzbekistanaMinistr inostrannыx del Islamskoy Respubliki Pakistan Bilaval Bxutto Zardari
Ministr inostrannыx del Islamskoy Respubliki Pakistan Bilaval Bxutto Zardari - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari SHHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etmoqda.
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Pokiston Oʻzbekiston tomonidan ishlab chiqilgan transport yoʻlaklarini rivojlantirish va yaratish boʻyicha SHHT hamkorlik kontseptsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu haqida Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardoriy maʼlum qildi.
Vazir SHHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yigʻilishida soʻzlagan nutqida Pokiston Oʻzbekiston va Afgʻoniston bilan birgalikda Transafgʻon temir yoʻlining keng koʻlamli loyihasi ustida ish olib borilayotganini qayd etib oʻtdi.
Ushbu loyiha Markaziy Osiyo davlatlari ayniqsa, Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradi, shuningdek, SHHT mintaqasi mamlakatlari bilan yuk tashish aloqalarini taʼminlaydi.
Maʼlumot uchun, transafgʻon temir yoʻl koridori “Termiz – Mozori -Sharif – Kobul – Peshovar” yoʻnalishidir. Loyihaning taxminiy qiymati 4,6 mlrd dollarni tashkil etadi, amalga oshirish muddati 5 yil.
Transafgʻon temir yoʻli loyihasini amalga oshirish yuk tashish vaqti va narxini 30-40 foizga qisqartiradi.
Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻz ishini boshladi.
Oʻzbekiston TIV xabariga koʻra, uchrashuv 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Tashkilot sammitiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichidir.
Yangiliklar lentasi
0