Shavkat Mirziyoyev ShHTga a’zo davlatlar delegatsiyalarining rahbarlarini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev ShHTga a’zo davlatlar delegatsiyalarining rahbarlarini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev ShHTga a’zo davlatlar delegatsiyalarining rahbarlarini qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor vazifalari va ShHTni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishining tadbirlarida ishtirok etayotgan ShHTga a’zo davlatlar delegatsiyalarining rahbarlarini qabul qildi.
Uchrashuvda ishtirok etgan vazirlar:
Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar;
Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi;
Xitoy Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I;
Qirg‘iziston tashqi ishlar viziri Jeenbek Kulubayev;
Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardariy;
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov;
Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin.
Shuningdek, ShHT bosh kotibi Chjan Min i va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ishtirok etdi.
“Ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor vazifalari va ShHTni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekistonning birlashmaga raisligi davomida o‘tgan davrda birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari hamda joriy yil sentabr oyida Samarqandda o‘tadigan sammit kun tartibiga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0