https://oz.sputniknews-uz.com/20220729/shht-davlatlari-mintaqaviy-xavfsizlikni-himoya-qilishi-kerak--xitoylik-ekspert-26644282.html
SHHT davlatlari mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilishi kerak – Xitoylik ekspert
SHHT davlatlari mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilishi kerak – Xitoylik ekspert
SHHT davlatlari mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilishi kerak – Xitoylik ekspert
2022-07-29T16:15+0500
2022-07-29T16:15+0500
2022-07-29T16:15+0500
siyosat
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
markaziy osiyo
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/07/23828478_0:0:2783:1565_1920x0_80_0_0_fa0a29bf0820f47f1fdbdc1b8ce52829.jpg
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. SHHT davlatlari mintaqada iqtisodiy tiklanish va mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilish uchun oʻzaro ishonchni mustahkamlashi va hamkorlikni chuqurlashtirishi kerak. Bu haqda juma kuni XXRning xorijiy tillardagi adabiyotlarni nashr etish va tarqatish boshqarmasi rahbari Du Chjanyuan maʼlum qildi. Ekspertning fikricha, SHHT davlatlari doimiy ravishda muloqotni kuchaytirishi, konsensusga intilishi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni soʻzsiz himoya qilishi kerak.Bundan tashqari, ekspert kelgusida SHHT davlatlari chinakam koʻp qirralilikka rioya qilishlari, oʻzaro hurmat, adolat va oʻzaro manfaatli hamkorlikka asoslangan yangi turdagi xalqaro munosabatlarni barpo etishlari, shuningdek, global miqyosdagi hamkorlikni rivojlantirishga hissa qoʻshishlari kerakligini taʼkidladi.Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻz ishini boshladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/07/23828478_26:0:2757:2048_1920x0_80_0_0_f9ea0a095ca07123492cf89800714155.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), markaziy osiyo
SHHT davlatlari mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilishi kerak – Xitoylik ekspert
Du Chjanyuan: SHHT davlatlari hozirgidan ham koʻproq oʻzaro ishonchni mustahkamlashi va hamkorlikni chuqurlashtirishi zarur.
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. SHHT davlatlari mintaqada iqtisodiy tiklanish va mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilish uchun oʻzaro ishonchni mustahkamlashi va hamkorlikni chuqurlashtirishi kerak. Bu haqda juma kuni XXRning xorijiy tillardagi adabiyotlarni nashr etish va tarqatish boshqarmasi rahbari Du Chjanyuan maʼlum qildi.
“Xalqaro vaziyatdagi koʻplab murakkab va koʻp qirrali oʻzgarishlar, jumladan, pandemiya va Rossiya-Ukraina mojarosi sharoitida mintaqaviy iqtisodiyotni tiklashga koʻmaklashish va mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilish maqsadida SHHT mamlakatlari hozirgidan ham koʻproq oʻzaro ishonchni mustahkamlashi va hamkorlikni chuqurlashtirishi zarur”, deya iqtibos keltiradi RIA Novosti SHHT mamlakatlari ommaviy axborot vositalari va tahliliy markazlari forumi ochilishida soʻzlagan Du Chjanyuanning soʻzlaridan.
Ekspertning fikricha, SHHT davlatlari doimiy ravishda muloqotni kuchaytirishi, konsensusga intilishi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni soʻzsiz himoya qilishi kerak.
“Hozirda dunyoda protektsionizm va bir tomonlamalik kuchaymoqda, kam sonli davlatlar taʼminotni toʻxtatmoqda, aloqalarni uzmoqda va sanktsiyalarni suiisteʼmol qilmoqda, bu esa jahon iqtisodiyotining tiklanishiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Xalqaro hamjamiyat global muammolarni hal qilish va global boshqaruvni takomillashtirishda SHHTdan oʻz hissasini qoʻshishini kutmoqda”, deya qoʻshimcha qildi u.
Bundan tashqari, ekspert kelgusida SHHT davlatlari chinakam koʻp qirralilikka rioya qilishlari, oʻzaro hurmat, adolat va oʻzaro manfaatli hamkorlikka asoslangan yangi turdagi xalqaro munosabatlarni barpo etishlari, shuningdek, global miqyosdagi hamkorlikni rivojlantirishga hissa qoʻshishlari kerakligini taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻz
ishini boshladi.