Jamiyat

SHHTga aʼzo davlatlar milliy valyutalarda hisob-kitobga oʻtishi mumkin – Lavrov

© Sputnik / Zafar XalilovMinistr inostrannыx del Rossii Sergey lavrov vыstupayet posle zasedaniya Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv-chlenov SHOS v g.Tashkente.
Ministr inostrannыx del Rossii Sergey lavrov vыstupayet posle zasedaniya Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv-chlenov SHOS v g.Tashkente. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar milliy valyutalarda hisob-kitoblarga oʻtishi mumkin - Lavrov
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov SHHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishi yakunlari boʻyicha brifing chogʻida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar milliy valyutalarda hisob-kitoblarga oʻtishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirining aytishicha, uchrashuv chogʻida tomonlar Samarqandda boʻlib oʻtadigan SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammitida imzolanishi moʻljallangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqdi.
“Bunday hujjat, birinchi navbatda, yuqori darajada tayyor boʻlgan Samarqand deklaratsiyasi”, dedi vazir.
Shuningdek, Lavrovning soʻzlariga koʻra, bir qator boshqa hujjatlar, xususan, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish bilan bogʻliq hujjatlar koʻrib chiqilgan.
“Bu borada ikkita hujjatni ajratib koʻrsataman: birinchisi, transport yoʻlaklarining oʻzaro bogʻliqligi kontseptsiyasi. Ikkinchi hujjat ham kelgusidagi ishlarimiz uchun muhim - bu oʻzaro hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish boʻyicha yoʻl xaritasi”, dedi diplomat.
Lavrov energetika, transport, raqamlashtirish, innovatsiyalar, yangi texnologiyalar, sogʻliqni saqlash sohasi, shuningdek, madaniyat va sport kabi insonparvarlik tashabbuslarining katta paketi tayyorlanganini taʼkidladi. Taʼkidlanishicha, xususan, SHHT sport oʻyinlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirining aytishicha, joriy yilda yangi institut joriy etiladi, uning faoliyati SHHTni dunyoda ommalashtirishga qaratilgan. Vazirning soʻzlariga koʻra, bundan buyon SHHTning madaniy va sayyohlik poytaxti tanlanadi – ayni damda Hindiston shaharlaridan biri bunday maqomga ega boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0