Siyosat

Tojikiston Oʻzbekiston taklif qilgan SHHT dasturlarini maʼqulladi

© Ministerstvo inostrannыx del UzbekistanaMinistr inostrannыx del Respubliki Tadjikistan Sirojiddin Muxriddin
Ministr inostrannыx del Respubliki Tadjikistan Sirojiddin Muxriddin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sirojiddin Muhriddin: Tojikiston Oʻzbekiston tomonidan taklif etilgan dasturlarni maʼqullaydi.
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Tojikiston ishbilarmon doiralar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi va qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish boʻyicha hamkorlikni ragʻbatlantirishga oid Oʻzbekiston tomonidan taklif etilgan dasturlarni maʼqullaydi.
Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin SHHT Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi chiqishida maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston TIV xabariga koʻra, mazkur uchrashuv 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Tashkilot sammitiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0