Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishDorojniy znak "Remont dorogi"
Dorojniy znak Remont dorogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna bo‘lish
Haydovchilar 29-iyul kuni soat 09:00 dan 18:00 ga qadar aylanma yo‘llardan foydalanishlari mumkin.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasining (yangi Dinamo do‘koni) bir qismi transport vositalari harakati uchun yopildi. Bu haqida shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba xokimiyata g. TashkentPoytaxtdagi Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi
Poytaxtdagi Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022
Poytaxtdagi Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi
Aytilishicha, 29-iyul kuni soat 09:00 dan 18:00 ga qadar shu ko‘chaning "Sulton" restoranidan avtomobil ko‘prigigacha bo‘lgan qismi transport vositalari harakati uchun yopildi.
Bu yo‘lda yangi yer usti piyodalar o‘tish yo‘li qurilmoqda.
“Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 14-iyul kuni ham Ahmad Donish ko‘chasida (yangi Dinamo do‘koni) yangi yer usti piyodalar o‘tish yo‘li qurilayotgani sababli yopilgandi.
Kuni kecha Chilonzor tumanining Chilonzor ko‘chasi Muqimiy ko‘chasi bilan kesishgan joyidan Gagarin haykaligacha bo‘lgan qismi avtomobillar harakati uchun yopildi. U yerda yo‘l qurilishi ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0