Iqtisod

Oʻzbekistonda anor urugʻidan yogʻ ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi

© SputnikStend Uzbekistana na vыstavke WorldFood Moscow 2019
Stend Uzbekistana na vыstavke WorldFood Moscow 2019 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Korxonaning quvvati yiliga 2500 litr yogʻ ishlab chiqarish. Hukumat grant ajratdi.
TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Sirdaryo viloyatida anor urugʻidan yogʻ ishlab chiqarish boʻyicha startap ishga tushirildi. Bu haqda “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi xabar berdi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi loyihaga 305,2 mln soʻm miqdorida grant ajratdi. Ishlab chiqarish bilan “Anor yog’i Sirdaryo” MCHJ shugʻullanadi.
Korxona rahbari Yashin Mamatqulovning aytishicha, korxona grant evaziga Xitoydan ikki turdagi uskunalar xarid qildi. Birinchisi - danaklarni siqish uchun tayyorlaydi. Ikkinchisi sovuq press boʻlib, unga toza danaklar yuklanadi.
Laboratoriyada barcha qayta ishlashdan soʻng, yoq sifat va foydalanishga yaroqliligi tekshiriladi. Keyinchalik, shishalarga quyilib, sotish uchun tayyorlanadi.
Anor urugʻi yogʻi koʻpincha kosmetik va tibbiy mahsulotlar tarkibiga qoʻshiladi.
Yangiliklar lentasi
0