Siyosat

SHHTning Samarqand sammiti uchun 28 ta hujjat kelishib olindi

© Sputnik / Bolat ShayxinovFlag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
SHHTning Samarqandda boʻlib oʻtadigan sammitida koʻrib chiqiladigan hujjatlar toʻplamini kelishish jarayoni yakunlandi.
TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning Samarqandda boʻlib oʻtadigan sammitida koʻrib chiqiladigan hujjatlar toʻplamini kelishish jarayoni yakunlandi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmatiga asosan RIA Novosti xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev SHHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi ishtirokchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

"Davlat rahbari Oʻzbekistonning SHHTga raisligi doirasida 70 dan ortiq yirik tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtkazilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Samarqand sammiti yakunlari boʻyicha qabul qilinishi koʻzda tutilgan 28 ta hujjatni kelishuv jarayoni yakunlandi”, - deyilgan xabarda.

Hujjatlar mintaqa ichida tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat sohasida hamkorlik va transport sohasida oʻzaro bogʻliqlik boʻyicha kontseptsiya va dasturlarni oʻz ichiga oladi.
“Yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda ham qoʻshma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda”, — deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 2021-2022 yillarda Oʻzbekiston SHHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi.
Ayni paytda 2001 yilda tashkil etilgan SHHTga Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga toʻlaqonli aʼzo boʻlishga tayyorlanmoqda. Avvalroq Belarus tashkilotga aʼzo boʻlish uchun ariza bergandi. Afgʻoniston va Moʻgʻuliston - kuzatuvchi-davlatlar hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0