Jamiyat

Texnikumlarda sirtqi hamda kechki taʼlimni tashkil etish tartibi belgilandi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishBolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii
Bolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida sirtqi hamda kechki taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomlar tasdiqlandi.
TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Hukumat qarori bilan Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida sirtqi hamda kechki taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomlar tasdiqlandi.
Unga koʻra, sirtqi va kechki taʼlimga oʻquvchilarni qabul qilish:
sirtqi va kechki shaklda – boshlangʻich professional, kasb-hunar kolleji, umumiy oʻrta (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisidagi tegishli hujjatga;
ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar) berishning sirtqi va kechki shaklida – bir kasb yoki mutaxassislik doirasida ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar)ni egallash uchun tegishli kasb yoki mutaxassislik boʻyicha professional taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi hujjatga ega shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻquvchilarga oʻquvchilik guvohnomasi bepul beriladi.
Oʻquv semestri yakunigacha sirtqi taʼlimda oʻqish mustaqil, shu jumladan, masofadan turib taʼlim olish shaklida amalga oshiriladi.
Kechki taʼlimda esa oʻqish odatda kunduzgi smenadan keyingi vaqtda auditoriya mashgʻulotlari (maʼruza, amaliy, laboratoriya) shaklida hamda oʻquvchilarni asosiy ish joyidan ajralmagan holda mustaqil, shu jumladan, masofadan turib oʻqitish shaklida amalga oshiriladi.
Kechki taʼlimda oʻqish (kunduzgi taʼlimdan farqli ravishda) bir haftada, odatda, 4-5 kun amalga oshiriladi va haftalik oʻquv soati hajmi 20 soatdan oshmaydi.
Sirtqi taʼlim oʻquvchilariga oʻquv sessiyasida ishtirok etishi, bitiruvchi bosqich oʻquvchilariga yakuniy davlat attestatsiyalaridan oʻtishi, bitiruv malakaviy ishini himoya qilishi uchun ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik oʻrtacha oylik maoshi saqlangan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Mazkur tartiblar Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0