O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDerevya - luchshaya zashita ot jari
Derevya - luchshaya zashita ot jari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Hafta o‘rtasidan O‘zbekiston hududining katta qismida havo ochiq bo‘ladi
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Ertaga Samarqand, Jizzax viloyatlari va respublikaning tog‘ oldi hamda tog‘li hududlarining ba’zi joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1-2 avgust kunlari janubda hamda cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Hafta o‘rtasidan O‘zbekiston hududining katta qismida havo ochiq bo‘ladi, faqat respublikaning tog‘oldi hamda tog‘li hududlarining ba’zi joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati biroz ko‘tariladi va kechalari 20-25 daraja, kunduz kunlari 34-39 daraja atrofida bo‘ladi. 1-avgustda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshkin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatining ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Havo harorati kunning ikkinchi yarmida 34-37 darajagacha ko‘tariladi.
Yangiliklar lentasi
0