Bugun O‘zbekistonda havo harorati +37 daraja bo‘ladi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishPogoda dojd
Pogoda dojd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Uzgidromet prognoziga ko‘ra, Toshkent, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +32-37 daraja bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +34-36 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +20-25 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0