Jamiyat

Konsullik muassasalarda elektron raqamli imzo olish yoʻlga qoʻyildi

© Flickr / Travis IsaacsRabota v ofise za kompyuterom
Rabota v ofise za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xorijda boʻlib turgan shaxslar ERI kaliti sertifikatidan 24 oy foydalanishlari mumkin.
TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Endilikda chet davlatda boʻlib turgan shaxslar Oʻzbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo kaliti sertifikati olishlari mumkin. Bu haqida hukumatning 413-sonli qarori qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, xorijda boʻlib turgan shaxslar barcha davlat xizmatlaridan erkin foydalanish imkonini beruvchi ERI kaliti sertifikatini olish uchun Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari konsullik boʻlimlari va konsullik muassasalariga murojaat etishlari mumkin.
Murojaat yuborishi mumkin boʻlgan shaxslar:
Oʻzbekiston fuqarolari;
Chet davlat jismoniy va yuridik shaxslari;
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.
Konsullik muassasasi ERI kaliti sertifikatini berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani qabul qilganidan soʻng uni vakolatli organning axborot tizimiga idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi orqali yuboradi.
Vakolatli organ real vaqt rejimida sertifikatni rasmiylashtiradi yoki uni berishni asoslantirgan holda rad etadi.
ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak.
Yangiliklar lentasi
0