Laylo Hasanova Bolgariyadagi JChda eng yaxshi taekvondochi deb topildi

Laylo Xasanova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Laylo Hasanova Sofiya shahridagi taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Laylo Hasanova eng yaxshi qiz taekvondochi deb topildi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqada o‘zbekistonlik 16 nafar taekvondochi ishtirok etdi va ularning 10 nafari sovrindor bo‘ldi.
“Laylo Hasanova barcha raqibalarini mag‘lub etib, Jahon chempioni bo‘ldi. Musobaqa tashkilotchilari aynan Hasanovani “Eng yaxshi qiz taekvondochi” deb topishdi”, - deyilgan xabarda.
1/3
2/3
3/3
1/3
2/3
3/3
Jahon chempionatida Laylo Hasanova oltin, Dilmurod Ma’rufjonov kumush, Sofiya Xan, Ahadjon Muxtorov, Javohir Hidoyatov, Nigora A’zamjonova, Omina Ergasheva, Rozalina Tolibjanova, Ominaxon Kamalova va Mubina Bobosaidova esa bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
© Foto: Assotsiatsiya taekvondo WT UzbekistanaUzbekistanskie taekvondisti na ChM v Sofii
Uzbekistanskie taekvondisti na ChM v Sofii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Uzbekistanskie taekvondisti na ChM v Sofii
Yangiliklar lentasi
0