Siyosat

Mirziyoyev Eron prezidentiga hamdardlik bildirdi

© AP Photo / Vahid SalemiLikvidatsiya posledstviy navodneniya v Irane
Likvidatsiya posledstviy navodneniya v Irane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Erondagi suv toshqinlari oqibatida 69 kishi qurbon boʻlgani aytilmoqda. Qurbonlar soni bundan ham koʻp boʻlishi mumkin.
TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning qator hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va katta talafotlar yetkazilgani munosabati bilan prezident Ibrohim Raisiyga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
“Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taskin-tasalli soʻzlarini yetkazishni soʻradi, jarohatlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi”, - deyiladi xabarda.
Musson yomgʻirlari Eronda kuchli suv toshqinlarini keltirb chiqardi. Tabiiy ofat mamlakatning 111 ta shahri va 310 ta qishlogʻiga zarar yetkazdi. Mahalliy OAVlar Erondagi suv toshqinlari oqibatida 69 kishi qurbon boʻlganini xabar qilishmoqda. Qurbonlar soni bundan ziyod boʻlishi mumkinligi istisno qilinmayapti. 45 kishi, jumladan 3 nafar Iroq fuqarosi daraksiz yoʻqolgan.
Yangiliklar lentasi
0