Siyosat

Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Turkiya Toshkent deklaratsiyasini qabul qiladi

Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun masʼul boʻlgan vazirliklari rahbarlari yigʻilishadi.
TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. 2 avgust kuni Toshkent shahrida “Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, tadbirda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun masʼul boʻlgan vazirliklari rahbarlari ishtirok etadilar.
Tomonlar Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Turkiya oʻrtasidagi mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar va transport sohalaridagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilishadi.
Uchrashuv davomida mazkur yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha yangi takliflar ishlab chiqiladi.
Xabarda tadbir yakunida Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgani qoʻshimcha qilingan.
Oʻzbekiston soʻnggi yillarda koʻplab mamlakatlar, jumladan, Rossiya bilan koʻp qirrali amaliy hamkorlikni jadal rivojlantirmoqda. 2022 yil yanvar-iyun oylarida Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 4,65 mlrd dollarni yoki 58 foizni tashkil etdi. Oʻzaro tovar ayirboshlash 32 foizga oshgan. Qoʻshma Loyiha ofisining faoliyati doirasida qariyb 40 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish koʻzda tutilgan. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv yoʻnalishida samarali ishlar olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0