Prezidentning ushbu hafta uchun ish rejasi ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPress-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavi yego administratsii Sherzod Asadov
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavi yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev ushbu haftada Turkiya hamda Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlarini qabul qiladi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo hamda transport vazirlarining ilk marotaba uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Sherzod Asadov o‘z so‘zida prezidentning bu hafta ish rejasidan o‘rin olgan tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.
Qayd etilishicha, muzokaralar kun tartibidan mintaqalararo hamkorlik, investitsiya, innovatsiya va transport-kommunukatsiya sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
Prezident mamlakatga keladigan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mexmet Chovushoglu hamda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramovni qabul qilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, prezident 28-iyuldan beri mamlakatda bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha komissari Qayrat Abdurahmanovni qabul qiladi.
Bundan tashqari, hafta davomida mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan yig‘ilish va muhokamalar o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq matbuot kotibining an’anaviy dushanba brifingi biroz tanaffusdan so‘ng yana qayta tiklangani ma’lum qilingandi. Endilikda brifingangi formatda davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0