O‘zbekiston va Rossiya birgalikda meteorologiya yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStudenti na leksii
Studenti na leksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Sohada mutaxassisilarni tayyorlashga talab yuqori. Dunyo miqyosidagi iqlim o‘zgarishi, Markaziy Osiyo jumladan, O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmaydi- mutaxassis.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya birgalikda metereologiya yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydi. Bu haqida O‘zbekiston Milliy universiteti Gidrometeorologiya fakulteti dekani, dotsent Komiljon Raxmonov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Milliy universiteti va Rossiya Davlat Gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda 2022-2023 o‘quv yili uchun ikki diplomlik sirtqi qo‘shma ta’lim dasturiga qabul boshlandi. Qo‘shma ta’lim dasturida 50 dan oshiq abituriyentlarni qabul qilish rejalashtirilgan.
Komiljon Raxmonovning so‘zlariga ko‘ra, “Meteorologiya va iqlimshunoslik” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash uchun O‘zgidromet, RDGMU va O‘zMU o‘rtasida shartnoma tuzilgan. O‘qitish jarayonida O‘zgidromet bazasida mavjud laboratoriyadan foydalaniladi.
“Ushbu sohada mutaxassisilarni tayyorlashga talab yuqori. Sababi, bugungi kundagi dunyo miqyosidagi iqlim o‘zgarishi, Markaziy Osiyo jumladan, O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmaydi. Bu borada bugungi kunda iqlim o‘zgarishi uning qor va muzliklarga ta’siri, iqlim o‘zgarishining suv resurslari va inson salomatligiga ta’sirini o‘rganish va prognoz qilish masalalari o‘ta muhimdir. Bu bo‘yicha RDGMU va O‘zMU olimlari bilan hamkorlikda shu soha bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan”, deydi Komiljon Raxmonov.
Kelajakda talabalar O‘zgidromet tizimida, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutida, OTMda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimlarida, suv xo‘jaligi vazirligi tizimida, qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat olib borishlari mumkin.
Shuningdek, RDGMU yoki O‘zMUda magistraturaga qabul qilinishlari hamda kelajakda ushbu OTMlarida o‘z ilmiy faoliyatlarini davom ettirishlari ham ko‘zda tutilgan.
Abituriyentlardan talab etiladigan hujjatlar:
Skanerlashtirilgan shahodatnoma, diplom (rangli variant)
Skanerlashtirilgan pasportingiz (rangli variant)
Rasm 3,5x4,5 (jpeg)
Hujjatlar 20-avgustga qadar qabul qilinadi. Abituriyentlar matematika va rus tili fanlaridan test topshirishadi.
Darslar har ikki universitetning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0