O‘zbekistonda kurash bo‘yicha xalqaro musobaqalar o‘tkaziladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodniy turnir na kubok Prezidenta Respubliki Uzbekistan po kurashu v Termeze
Mejdunarodniy turnir na kubok Prezidenta Respubliki Uzbekistan po kurashu v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Hududlarda sport kurashlari bo‘yicha havaskor va professional sportchilardan iborat bo‘lgan klublar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yildan boshlab sport kurashlari bo‘yicha respublikaning barcha hududlarida xalqaro sport musobaqalari o‘tkaziladi. Bu haqida 1-avgust kuni prezident tomonidan qabul qilingan qarorda nazarda tutilgan.
Endilikda har yili an’anaviy tarzda erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida navbatma-navbat xalqaro sport musobaqalari tashkil etiladi.
Xalqaro sport musobaqalari:
Prezident sovrini uchun xalqaro sport musobaqalari - yoshlar o‘rtasida;
“Uzbekistan-Grand Prix” xalqaro sport musobaqalari - o‘smirlar o‘rtasida;
“New Uzbekistan” xalqaro sport musobaqalari - kattalar o‘rtasida;
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Vazir kubogi”, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida “Rais kubogi”, Milliy gvardiya tizimida “Qo‘mondon kubogi”, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi kubogi”, “Viloyat hokimi kubogi” va “Toshkent shahri hokimi kubogi” musobaqalari o‘tkaziladi.
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sport kurashlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning amaldagi davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida sport kurashlarining kamida bitta turi bo‘yicha, shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida sport kurashlarining ikkita turi bo‘yicha seksiya va bo‘limlar tashkil etiladi.
Shuningdek, tuman (shahar) va viloyat miqyosida havaskorlar o‘rtasida ham sport kurashlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.
Qolaversa, 2022-2023 yillarda har bir tuman (shahar)da sport kurashlari bo‘yicha havaskor va professional sportchilardan iborat bo‘lgan klublar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0