Turizm

Oʻzbekistonda “Tabarruk ziyorat” brendi yaratiladi

© unsplash.com/Zuyet AwarmatikMinaret Kalyan v Buxare.
Minaret Kalyan v Buxare. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Oʻzbekiston turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi. Bu boʻyicha prezidentning PQ–338-sonli qarori bilan “Tabarruk ziyorat” turizm kontseptsiyasi tasdiqlandi.
Hujjatga koʻra, kontseptsiya doirasida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Margʻilon, Qoʻqon, Termiz va boshqa tarixiy shaharlarda buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi toʻgʻrisida seminar, simpozium, konferentsiya, ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkaziladi.
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida oʻzaro hamkorlik orqali “Tabarruk ziyorat” brendi yaratiladi.
2023 yildan har 2 yilda 1 marotaba oʻtkaziladigan tadbirlar:
may oyining uchinchi dekadasida Margʻilon shahrida “Margʻilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida koʻrgazma va ilmiy-konferentsiya;
iyun oyining birinchi dekadasida “Lavanda” festivali;
iyul oyida talabalar va yoshlar uchun Xalqaro “Turksoy” tashkiloti bilan hamkorlikda “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali.
Qolaversa, avgust oyining uchinchi haftasida turkiy davlatlarning tadbirkorlari, OAV, jurnalist va blogerlar uchun “Tabarruk ziyorat” xalqaro mediaturi va uning doirasida “B2B” formatida uchrashuvlar tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0