Toshkent - Novosibirsk avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© Transport vazirligi matbuot xizmati Toshkentdan Novosibirskga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Toshkentdan Novosibirskga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent – Novosibirsk yo‘nalishida chipta narxi 803 000 so‘m etib belgilangan.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Bugundan boshlab Toshkentdan Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahriga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur yo‘nalishda “Yulduz-SX” xususiy korxonasi o‘zining “Yutong” rusumli avtobuslarida qatnovlarni amalga oshiradi.
Toshkent – Novosibirsk yo‘nalishida qatnovlar haftaning har dushanba kuni bajariladi. Ushbu yo‘nalishda avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 14:00 da harakatlanishni boshlaydi.
Mazkur yo‘nalishda chipta narxi 803 000 so‘m etib belgilangan.
Novosibirsk – Toshkent yo‘nalishida qatnovlar haftaning har juma kuni amalga oshiriladi. Avtobuslar mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da Toshkent tomon yo‘lga chiqadi.
Toshkent avtovokzali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022
Toshkentdan Rossiyaning ikki shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
Yangiliklar lentasi
0