Iqtisod

UZCARD “Mir” kartasidan tezkor pul oʻtkazmalarini yoʻlga qoʻydi

Uzcard - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hozirda UZCARD pul oʻtkazmalarini amalga oshirish boʻyicha bosqichma-bosqich koʻrsatmalar tayyorlamoqda.
TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Rossiyaning “Mir” kartalaridan UZCARD kartalariga xalqaro pul oʻtkazmalari xizmati ishga tushirildi.
Ikki toʻlov tizimi integratsiyasi foydalanuvchilarga Rossiya banklarining mobil ilovalari orqali kartadan kartaga pul oʻtkazmalarini qulay va tez amalga oshirish imkonini beradi.
“Oʻtkazmalar bir zumda kartaga oʻtkaziladi. Oʻtkazma rublda joʻnatiladi va foydalanuvchi uchun qulay boʻlgan milliy valyuta kursida va qabul qilib oluvchi shaxsning Oʻzbekistondagi hisobiga oʻtkaziladi”, deyiladi xabarda.
Xizmatdan foydalanganda pul oʻtkazmalari uchun qoʻshimcha yashirin toʻlovlar olinmaydi.
Buning uchun bankning mobil ilovasida faqat karta raqami va qabul qilib oluvchi shaxsning ismini kiritish kerak, qoʻshimcha maʼlumotlarni koʻrsatish shart boʻlmaydi.
Hozirda UZCARD pul oʻtkazmalarini amalga oshirish boʻyicha bosqichma-bosqich koʻrsatmalar tayyorlamoqda.
Shuningdek, mobil ilovalar orqali ushbu xizmatni amalga oshirish mumkin boʻlgan "Mir" toʻlov tizimida ishtirok etuvchi banklar roʻyxati ustida ish olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0