Migratsiya

Volgogradda oʻzbekistonlik migrantlar ommaviy zaharlanishdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka oʻtishAvtomobil skoroy pomoщi
Avtomobil skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Pobeda" fermer xoʻjaligida ishlab kelayotgan 11 nafar Oʻzbekiston fuqarosi ovqatdan zaharlangan. Hozir ular shifoxonada davolanishmoqda.
TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Rossiyaning Volgograd viloyatida 11 nafar oʻzbekistonlik mehnat migrant zaharlandi.
Dastlabki oʻrganishlardan maʼlum boʻlishicha, 28 iyul kuni Volgograd viloyati Bikovskiy tumanidagi "Pobeda" fermer xoʻjaligida qonuniy ishlab kelayotgan fuqarolarning sogʻligʻi yomonlashgan. Natijada tez yordam chaqirilgan va ular shifoxonaga olib borilgan.
Fuqarolarga ovqatdan zaharlanish tashxisi qoʻyilib, ular shifoxonaga yotqizilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Volgograd viloyatidagi vakiliga shifokorlarning maʼlum qilishicha, hozirgi vaqtda fuqarolar oʻzlarini yaxshi his qilishmoqda va sogʻligʻi tiklangach, shifoxonadan javob beriladi.
Moskvadagi yongʻinda ikki nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi
Yangiliklar lentasi
0